Shior:
“Uzluksiz ta’lim — bugundan boshlanadigan buyuk kelajak”.
Uzluksiz ta’lim bo‘limining asosiy maqsadi ta’lim jarayonining uzviyligi va izchilligini ta’minlash, bilim va ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy talablarga javob beradigan, raqobatbardosh va yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga ko‘maklashishdan iborat.
Bo‘lim quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
1. Akademik litseylarning o‘quv jarayoni sifati va samaradorligini oshirish, ta’lim faoliyatini innovatsion asosda rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish.
2. Akademik litseylar pedagog xodimlarining kasbiy va pedagogik mahoratini oshirishda Toshkent davlat yuridik universitetining ta’lim va ilmiy salohiyati, moddiy-texnik bazasi hamda axborot-resurslaridan samarali foydalanishni tashkil etishga ko‘maklashish.
3. Akademik litsey o‘quvchilarining bilim darajasi va intellektual salohiyatini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni maqsadli ta’lim yo‘nalishlariga tayyorlash bo‘yicha faoliyatni tashkil etishga ko‘maklashish.
4. Universitet kafedralari va boshqa tarkibiy bo‘linmalarining akademik litseylar hamda yuridik texnikumlar bilan o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi hamkorligini muvofiqlashtirish.
5. Akademik litseylar va yuridik texnikumlar bilan universitet o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ta’lim bosqichlari o‘rtasidagi uzviylik va izchillikni mustahkamlash.