Buxgalteriya
Maqsad
Buxgalteriya bo‘limining asosiy maqsadi Toshkent davlat yuridik universitetida buxgalteriya hisobini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda samarali tashkil etish, moliyaviy mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash, universitetning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha hisob-kitoblar hamda hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshirishdan iborat.
Vazifalar
Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Universitetda buxgalteriya hisobini amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish va yuritish.
2. Budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning xarajatlar smetasida nazarda tutilgan maqsadlarga muvofiq, to‘g‘ri va samarali sarflanishini ta’minlash.
3. Universitetga tegishli pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning butligi hamda ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan muntazam nazoratni amalga oshirish.
4. Professor-o‘qituvchilar va boshqa xodimlarning ish haqi hamda unga tenglashtirilgan to‘lovlarini, shuningdek, talabalarning stipendiyalarini belgilangan tartibda o‘z vaqtida hisoblash va to‘lash.
5. Debitor qarzdorlikni belgilangan muddatlarda undirish hamda kreditor qarzdorlikni o‘z vaqtida so‘ndirish choralarini ko‘rish.
6. Universitetning moliyaviy, soliq va boshqa hisobotlarini belgilangan tartibda hamda muddatlarda tayyorlash va tegishli tashkilotlarga taqdim etish.