Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo’limi boshlig’i: Erkin Xosilov Dilmurotovich
Telegram kanal: t.me/tsulanticor
Telegram bot: @tsul_anticorbot
Ishonch telefoni: +998 71 233-42-09
Toshkent davlat yuridik universitetida (keyingi o‘rinlarda – universitet) Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi (keyingi o‘rinlarda – bo’lim) 2022 yilda 14 dekabr kuni tashkil qilindi.
Universitetda professor-o’qituvvchi va talabalar o’rtasida korrupsiyga yo’l qo’ymaslik, amaldagi qonunchilik, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining qarorlari, bo‘limning vazifalar va rahbariyat topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 27 aprel kuni universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun universitetning korrupsiyaga qarshi ichki hujjatlari va ISO-37001 xalqaro standart talablarini xodimlarga yetkazish borasida seminar-trening o‘tkazildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5987-son Farmoniga muvofiq universitetda ISO 37001 — Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi xalqaro standartlariga universitet mos kelishini taʼminlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan universitet hamda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan qo‘shma reja tuzilishiga erishilib, mazkur rejaga muvofiq universitetda professor-o‘qituvchi, xodimlar va talabalar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi turli targ‘ibot va tashviqotlarga bag‘ishlangan tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo’limi tomonidan joriy yilning 27 aprel kuni Kadrlar bo‘limi bilan hamkorlikda TDYU xodimlari uchun TDYU korrupsiyaga qarshi ichki hujjatlari va ISO37001 xalqaro standart talablari mazmuni yuzasidan seminar-trening yuqori saviyada o‘tkazildi.
Davra suhbati mavzusi: “Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari va komplayens-nazorat tizimini joriy etish. 22.05.2023.
2023-yil 7-sentabr kunbi Toshkent davlat yuridik universitetiga qa’bul qilngan birinchi bosqich talabalariga korrupsiyaga qarshi kurash ruxiyatini yaratish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
2023-yil 5-oktabr kuni Jinoiy odil sudlov fakulteti 3-bosqich talabalariga “Korrupsiyaga qarshi kurash va komplayens nazorat” mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi.