“Muvofiqlik — muvaffaqiyat kaliti”.
Universitetda xalqaro va respublika miqyosidagi tadbirlarni yagona tizim asosida samarali rejalashtirish va muvofiqlashtirish, ularning tashkiliy-texnik jihatdan yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash, xorijiy delegatsiyalar tashriflarini xalqaro protokol talablariga muvofiq tashkil etish, shuningdek, tadbirlar samaradorligini tahlil qilish orqali universitetning milliy va xalqaro nufuzini oshirish.
Bo‘lim quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
1. Universitetda o‘tkaziladigan xalqaro, respublika va institutsional tadbirlarni yagona tizim asosida rejalashtirish va muvofiqlashtirish.
2. Tadbirlarning tashkiliy, protokol va texnik jihatdan yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash.
3. Xorijiy delegatsiyalar va hamkorlarning tashriflarini xalqaro protokol talablariga muvofiq tashkil etish.
4. Tadbirlar bo‘yicha axborot bazasini shakllantirish va yuritish, ularning monitoringi hamda tahlilini amalga oshirish.
5. Universitetning milliy va xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qiluvchi tadbirlarni samarali tashkil etish.