Innovatsion yondashuvlar orqali universitetning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yuksaltirish!
Tahlil, strategik rejalashtirish va innovatsion yondashuvlar asosida universitet faoliyatini takomillashtirish, uning xalqaro reytinglardagi raqobatbardoshligini oshirish hamda yuqori o‘rinlarni egallashiga ko‘maklashish.
Bo‘limning asosiy vazifalari strategik rivojlanishni ta’minlash, universitetning xalqaro reytinglardagi ishtirokini tashkil etish va ushbu yo‘nalishdagi ishlarni muvofiqlashtirishdan iborat.
Universitetning xalqaro reytinglarda ishtirok etishini ta’minlash, xalqaro reyting tashkilotlariga zarur ma’lumotlarni taqdim etish va ishtirok etish uchun arizalar yuborish.
Xalqaro reytinglar talablari va universitet faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, yo‘l xaritalari hamda chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish va universitet rahbariyatiga tegishli takliflar kiritish.
Xalqaro reyting tashkilotlarining metodologiyalari va baholash mezonlarini muntazam o‘rganish, tahlil qilish hamda universitet faoliyatiga tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Professor-o‘qituvchilarga Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalarida indekslanadigan jurnallarda ilmiy maqolalarini nashr ettirish uchun tegishli ilmiy jurnallarni tanlashda maslahat va amaliy yordam ko‘rsatish.
Universitet tomonidan chop etilgan ilmiy nashrlarning Scopus va Web of Science bazalaridagi ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik monitoring olib borish.
Universitetning xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan e’tirof etilgan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatidan munosib o‘rin egallashini ta’minlash hamda milliy reytingdagi mavqeini yaxshilashga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish.
Central Asian Legal Research Fellowship (CALR) dasturi Toshkent davlat yuridik universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5987-son Farmoni hamda PF-232-son Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etilgan.
Dastur universitetning xalqaro reytinglardagi mavqeini mustahkamlash, xususan, QS World University Rankings by Subject (Law) reytingining TOP-1000 talik ro‘yxatidan joy olish strategiyasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Shuningdek, Scopus va Web of Science bazalarida indekslanadigan ilmiy maqolalar sonini ko‘paytirish, iqtiboslar ko‘rsatkichini yaxshilash va universitetning xalqaro ilmiy maydondagi ko‘rinuvchanligini oshirish dasturning asosiy maqsadlaridan hisoblanadi.
CALR dasturi 2022-yildan buyon izchil amalga oshirib kelinmoqda. U mahalliy tadqiqotchilar va xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalari olimlari o‘rtasida qo‘shma huquqiy tadqiqotlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Dastur doirasida «International Legal Research Forum» xalqaro ilmiy forumi, seminarlar, treninglar va mahorat darslari tashkil etiladi. Ushbu tadbirlar doktorantlar, talabalar va yosh o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Dastur doirasidagi mavsumlarda Buyuk Britaniya, Germaniya, Sloveniya, Turkiya, Misr, Hindiston, Indoneziya va Malayziya kabi davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etib kelmoqda. Bu esa ilmiy tajriba almashish, xalqaro aloqalarni kengaytirish va qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish uchun imkoniyat yaratmoqda.