--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
БЫСТРЫЕ ССЫЛКИ
Ijtimoiy tarmoqlar
Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi
Bo`lim haqida

Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi

Shior:
Maqsad – bilim – harakat – natija.

Maqsad

Bo‘limning asosiy maqsadi xorijiy yuridik oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda xalqaro standartlarga javob beradigan, yuqori malakali huquqshunos kadrlarni tayyorlashni ta’minlashdan iborat.

Bo‘lim faoliyati milliy huquq tizimining xalqaro huquqiy makon bilan integratsiyalashuviga, talabalarda qiyosiy huquqshunoslik bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.

Vazifalar

I. Ta’lim va o‘quv-uslubiy faoliyat:

·         Xorijiy hamkor universitetlarning o‘quv dasturlari bilan uyg‘unlashtirilgan qo‘shma bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

·         ikki diplom (Double Degree) berishni nazarda tutuvchi ikki tomonlama shartnomalar asosida ta’lim jarayonini tashkil etish;

·         o‘quv rejalarini xalqaro huquqiy ta’lim standartlari talablariga muvofiq muntazam yangilab borish.

II. Huquqiy va shartnomaviy faoliyat:

·         xorijiy yuridik universitetlar bilan hamkorlik memorandumlari hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish bo‘yicha shartnomalar tuzish va ularning bajarilishini nazorat qilish;

·         talabalar hamda professor-o‘qituvchilarni hamkor universitetlarga yuborish va ularni qabul qilish bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish;

·         akademik kreditlarni o‘zaro tan olish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy bazani shakllantirish.

III. Xalqaro akademik hamkorlik:

·         xorijiy yuridik universitetlar bilan doimiy institutsional aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish;

·         hamkor universitetlardan taklif etiladigan professor-o‘qituvchilarning o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish.

IV. Ta’lim sifati nazorati va monitoring:

·         qo‘shma ta’lim dasturlarining akkreditatsiya talablariga muvofiqligi yuzasidan ichki monitoring olib borish;

·         talabalarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda bitiruvchilarning kasbiy faoliyatini monitoring qilish.

 

Qabul bo'yicha murojaat boti