Shior: “Yuridik klinika — bilim, tajriba va mas’uliyat maktabi!”
Yuridik klinikaning asosiy maqsadi talabalarda kasbiy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda rivojlantirish, shuningdek, aholining huquqiy ongi, huquqiy madaniyati va savodxonligini yuksaltirishga hissa qo‘shishdan iborat.
Klinikaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
· talabalarda nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;
· aholiga bepul va malakali yuridik yordam ko‘rsatish;
· aholining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish;
· klinik yuridik ta’limni rivojlantirish va takomillashtirish;
· davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Yuridik klinika faoliyati aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish, talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda huquqiy targ‘ibot ishlarini tashkil etishga qaratilgan.
Klinika faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
· fuqarolarning oflayn va onlayn murojaatlarini qabul qilish, o‘rganish, ular yuzasidan javoblar tayyorlash, javoblarni tekshirish va natijalarini murojaatchilarga yetkazish;
· Call-markaz orqali kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash;
· “Huquq maktabi” mobil ilovasi orqali kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish;
· sayyor qabullarni tashkil etish va o‘tkazish;
· yuridik klinikaning media faoliyatini rivojlantirish;
· “Mehr va oqibat” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat holatlari yuzasidan kelib tushgan murojaatlar asosida NNT nomidan arizalar tayyorlash;
· “Sharoit Plus” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda jamoat joylarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlarni monitoring qilishga qaratilgan “Sharoitlar monitoring” loyihasini amalga oshirish;
· mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari va treninglar o‘tkazish, shuningdek, yozgi maktablarni tashkil etish;
· talabalar o‘rtasida “Eng yaxshi fuqaro qabul qiluvchi talaba”, “Huquqiy zakovat” va boshqa tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish.
· Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, TDYU 1-o‘quv binosi, 124-xona;
· Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 13A-uy, TDYU 3-o‘quv binosi, 101-xona;
· Toshkent shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 59-uy, TDYU 4-o‘quv binosi, Kovorking markazi.
Telefon:
· +998 71 236-28-55;
· +998 71 233-66-36 (ichki raqam: 1-1);
· Call-markazi: +998 55 513-01-12.
Elektron pochta: lawclinic@tsul.uz
Ijtimoiy tarmoqlar:
· Telegram: @TDYU_yuridik_klinika (o‘zbek tilida), @tsul_yuridicheskaya_klinika (rus tilida);
· Instagram: https://www.instagram.com/tsul_legal_clinic/;
· Facebook: https://www.facebook.com/tsullegalclinic?mibextid=ZbWKwL;
· LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/tsul-legal-clinic-2969b9382;
· YouTube: https://youtube.com/@Yuridikklinika?si=DVgAnGXDOi4kpvp6.