--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
БЫСТРЫЕ ССЫЛКИ
Ijtimoiy tarmoqlar
Qabul jarayonini tashkil etish bo‘limi
Bo`lim haqida

Maqsad

Abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish jarayonini hamda u bilan bog‘liq barcha faoliyatni shaffof, adolatli va samarali tashkil etish, shuningdek, mazkur jarayonlarni zamonaviy boshqaruv yondashuvlari va qonunchilik talablari asosida muvofiqlashtirish.

Vazifalar

Bo‘limning asosiy vazifasi universitetga talabalarni qabul qilish jarayonlarini tashkil etish va muvofiqlashtirishdan iborat.

Ushbu vazifani amalga oshirish doirasida bo‘lim quyidagi faoliyatni amalga oshiradi:

  1. Qabul komissiyasi faoliyatini tizimli tashkil etish va muvofiqlashtirish.
  2. Universitet bakalavriati va magistraturasiga abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish.
  3. Bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlariga xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish.
  4. Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya faoliyatini tashkil etish.
  5. Hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayonlarini tashkil etish.
  6. Bo‘lim faoliyatiga oid statistik ma’lumotlarni shakllantirish, yuritish va muntazam yangilab borish.
  7. Fuqarolarning murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va ularga javob berish.

 

Qabul bo'yicha murojaat boti