Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
БЫСТРЫЕ ССЫЛКИ
Ijtimoiy tarmoqlar
Kadrlar bo‘limi
Bo`lim haqida

Bo‘lim haqida:

 

Toshkent davlat yuridik universitetining Kadrlar bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2932-son qarori, 
2020-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5987-son Farmoni hamda universitet Kengashining 2020-yil 21-maydagi 4-son qaroriga asosan tashkil etilgan.

 

Bizning vazifamiz:

 

Bo‘lim Toshkent davlat yuridik universitetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, universitetga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishga qodir bo‘lgan yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlash, ularni 
joy-joyiga qo‘yish va kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda ular bilan ishlash sohasidagi faoliyatni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining “Adliya organlari va muassasalarida HR-menejment tizimi to‘g‘risida”gi 2020-yil 24-martdagi 
68-um-sonli nizomga muvofiq rekrutment yoki xedxanting asosida ishga malakali mutaxassislarni qidirish, jalb qilish va tanlash, nomzodlarni suhbat yoxud tanlov asosida ishga qabul qilish ishlarini tashkillashtirish;

xodimlar bilan tuziladigan mehnat munosabatlariga doir hujjatlarni rasmiylashtirish;

universitet xodimlari haqidagi zarur ma’lumotlar bazasini shakllantirib borish xodimlar bilan munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va boshqa mehnatga oid qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish.

 

Bizning maqsadimiz:

 

Professor-o‘qituvchilar va boshqa xodimlar  tarkibiga yuqori darajada kasbiy pedagogik mahoratga, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega, ijodiy fikrlaydigan, halol, vijdonli va malakali kadrlarni keng jalb etish.

 

 

Bizning xodimlarimiz:

 

Xamraqulov Shavkatjon Salimovich – bo‘lim boshlig‘i;

Ablullayev Diyor Ibodillayevich – bosh mutaxassis;

Jo‘rayev Javohir Ulug‘bekovich – yetakchi mutaxassis;

Axmedova Muborak Maxmudovna – yetakchi mutaxassis;

Mukadirova Xolida Davronbek qizi – inspektor.