--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
БЫСТРЫЕ ССЫЛКИ
Ijtimoiy tarmoqlar
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi
Bo`lim haqida

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

Shior

Qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolatni sifatli yuridik ta’lim olgan huquqshunos kadrlar ta’minlaydi!

Maqsad

Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o‘rinlarda — universitet) Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-son «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son «O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni hamda universitet Kengashining 2020-yil 21-maydagi 4-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vakolatli vazirlik va idoralarning qarorlari hamda buyruqlari, universitet Kengashining qarorlari, rektor buyruqlari, universitet Ustavi va bo‘lim to‘g‘risidagi nizom asosida amalga oshiradi.

Bo‘limning asosiy maqsadi — universitetda ta’lim sifatini tizimli nazorat qilish, talabalar bilimining davlat ta’lim standartlari va malaka talablariga muvofiqligini o‘rganish va tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borish hamda universitetning ichki attestatsiyasini tashkil etishdan iborat. Shuningdek, ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish va kelgusida oldini olish bo‘yicha taklif va chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘lim faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

Bo‘lim universitetda ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan boshqaruv tizimining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Uning faoliyati ta’lim sifatining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini ta’minlash va o‘quv jarayonlari samaradorligini oshirishga qaratilgan tizimli, maqsadli hamda o‘zaro muvofiqlashtirilgan nazorat tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.

Bo‘lim amalga oshirilgan ishlar, aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan ma’lumotlarni muntazam ravishda universitet rektoriga taqdim etadi.

Vazifalar

Universitetda ta’lim sifatining davlat ta’lim standartlari va malaka talablariga muvofiqligini ta’minlash maqsadida tizimli nazoratni tashkil etish.

Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini nazorat qilish.

Ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlar holatini muntazam monitoring qilish va tahlil etish.

Kadrlar tayyorlash sifatining monitoringini yuritish.

Universitetni ichki attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida ishtirok etish.

Universitetning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.

O‘quv jarayoni va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiya jarayonlarini o‘rganish hamda tahlil qilish.

Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘rganish va monitoring natijalari yuzasidan universitet Kengashi yig‘ilishlari, davra suhbatlari va anjumanlarda axborot berib borish.

Qabul bo'yicha murojaat boti