Bo‘lim shiori:
«Sifatga sodiqlik — samarali o‘zgarishlar asosi».
Bo‘limning asosiy maqsadi — universitet faoliyati va ta’lim jarayoniga sifatni ta’minlash bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etish orqali universitetning institutsional transformatsiyasini ta’minlash, shuningdek, kelgusida Buyuk Britaniyaning Oliy ta’lim sifatini ta’minlash agentligi (QAA) tarkibiga kirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.
1. Sifatni ta’minlash bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etish maqsadida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan xalqaro va Britaniya tashkilotlari, shuningdek, xorijiy oliy ta’lim muassasalari ishtirokida muzokaralar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish.
2. Sifatni ta’minlash bo‘yicha xalqaro standartlarni belgilangan talablar asosida joriy etishga ko‘maklashish maqsadida xalqaro tashkilotlar va xorijiy universitetlarning ekspertlari hamda mutaxassislarini jalb etish.
3. Universitet faoliyatining tegishli yo‘nalishlari joriy holatini o‘rganish va ularning sifatni ta’minlash bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiqligini tahlil qilish.
4. Sifatni ta’minlash bo‘yicha xalqaro standartlar talablarini inobatga olgan holda universitetning tegishli tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan universitet rahbariyatiga takliflar kiritish.
5. Sifatni ta’minlash bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etish bilan bog‘liq aniqlangan kamchiliklar va nomuvofiqliklarning o‘z vaqtida bartaraf etilishini nazorat qilish.
6. Universitetda sifatni ta’minlash bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etish jarayonini tizimli monitoring qilish va erishilgan natijalarni baholash.
Bo‘lim faoliyati doirasida quyidagi guruhlar faoliyat yuritadi:
1. Universitetning xalqaro akkreditatsiyadan o‘tishiga qaratilgan «Transformatsiya» dasturini qo‘llab-quvvatlovchi talabalar guruhi.
2. Xalqaro akkreditatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish va uni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etuvchi universitet professor-o‘qituvchilaridan iborat «Transformatsiya» dasturini qo‘llab-quvvatlash guruhi.