University Education Scientific and innovative activity
International relations Student life Admission 2024 SDG
English
Oʼzbekcha Русский
Network error!
Home page   >   NEWS

TDYU xodimlari va talabalari uchun Samarqand viloyatiga sayohat tashkil etildi

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling!” dasturi doirasida “Discovery” klubi tomonidan tashkil etilgan sayohatda 205 nafar professor-oʻqituvchi, xodim va talaba ishtirok etdi.

Sayohat davomida ishtirokchilar Registon maydoni, Goʻri Amir maqbarasi, Ulug‘bek rasadxonasi, Hazrati Dovud va Hazrati Xizr masjidlari hamda Shohi Zinda majmuasiga tashrif buyurdi.

Samarqand viloyatida amalga oshirilgan yirik bunyodkorlik ishlari, xususan, “Samarqand City” va Boqiy shahar majmuasi sayohat ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Ma’lumot uchun: TDYU rahbariyati tomonidan mamlakatimizning boshqa go‘zal maskanlari va tarixiy qadamjolariga ham sayohatlarni tashkil etish rejalashtirilgan.

Latest news

All news