Til
Tajriba
Qo`shimcha ma`lumotlar
Hakimov Komil Baxtiyarovich 1985 yilda Surxondaryo viloyatida tug`ilgan.
2010 yilda Toshkent davlat yuridik institutini bakalavr bosqichini, 2013 yilda ushbu oliygohning magistratura bosqichini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2013 yildan 2-Toshkent yuridik kolleji o‘qituvchisi lavozimidan boshlagan.
K.Hakimov o`zining pedagogik faoliyatini 2013 yildan to hozirgi kunga qadar Toshkent davlat yuridik universiteti bilan bog’lagan holda samarali mehnat qilib kelmoqda.
Xususan, 2013-2016 yillarda Tadbirkorlik huquqi (Biznes huquqi) kafedrasi o’qituvchisi, 2016-2017 yillarda Jinoyat huquqi va kriminologiya kafedrasi o`qituvchisi, 2017-2020 yillarda Toshkent davlat yuridik universitetining 1-kurs ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, 2020-2021 yillarda Toshkent davlat yuridik universitetining Amaliyot va kasibiy rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, Toshkent davlat yuridik universitetining Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakultetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimlarida davom ettirib, 2021 yilning sentyabrdan Toshkent davlat yuridik universitetining Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchisi lavozimida ilmiy faoliyat bilan shug’ulanib kelmoqda.