Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Tashkulov Akbar Djurabayevich

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist, 1-darajali adliya maslahatchisi

Universitetimiz o‘zining 30 yoshini nishonlashi biz uchun katta faxr. Toshkent davlat yuridik uvniversiteti o‘zining tarixi va bitiruvchilari bilan O‘zbekiston hamda butun oliy va o‘rta-maxsus yuridik taʼlim tizimining rivojlanishida alohida o‘rin tutadi.

Bizning universitet bugungi kunda yuridik kadrlar tayyorlashning yuqori sifatini namoyish etayotgani, xorijiy hamkorlar va hamkasblarning eʼtirofiga ega ekanligi, butun dunyodagi oliy o‘quv yurtlari va ilmiy muassasalar hamda xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro aloqada ekanligini alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin. 

Universitetimiz yutuqlari bevosita mamlakatimizda olib borilayotgan taʼlim siyosati, xususan oliy taʼlim sohasidagi oxirgi besh yilda amalga oshirilgan islohotlar va bevosita muhtaram Prezidentimizning yuridik taʼlimga berayotgan alohida eʼtiborlari natijasi ekanligini taʼkidlash joiz.

Oxirgi 4-5 yilda qabul qilingan bir qator farmon va qarorlar natijasida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik va moliyaviy mustaqilligi taʼminlandi, boshqaruv va taʼlim faoliyatiga to‘liq xalqaro standartlar joriy etildi va ko‘plab imkoniyatlar yaratilib yangi bosqichga olib chiqildi hamda faqat oldinga qarab yurish uchun turtki berildi.

Bugun Toshkent davlat yuridik universiteti yangi asr eshigini ochmoqda va yaratilgan imkoniyatlar bilan ilm-fan va taʼlim yo‘lida biz boshimizni baland tutgan holda katta umidlar bilan oldinga intilmoqdamiz.

Bugungi kunda Toshkent davlat yuridik uvniversiteti O‘zbekistondagi huquqshunoslar tayyorlovchi eng yirik oliy taʼlim tashkiloti sifatida boshqa universitetlar va ularning yuridik fakultetlari bilan birgalikda saʼy xarakatlarni yagona bayroq ostida birlashtirgan holda yuridik taʼlim va fanning lideri bo‘lishi darkor.

Shundagina tizimli va sifatli yuridik taʼlim shakllanib, bizning talabalarimizda zarur kompetensiyalarni tuliq shakllantirish va kuchaytirish imkoniyati yaraladi. Taʼkidlash joizki, hozirgi shiddatli rivojlanayotgan zamonda aynan kelajak huquqshunoslari uchun zarur kompetensiyalarni belgilab, ularni o‘qitish eng muhim vazifa bo‘lib qolmoqda, jumladan raqamli texnologiyalarning shiddatli rivojlanishi, sunʼiy intellekt, virtual makonlar va raqamli aktivlarning vujudga kelganligi ushbu texnologiyalar bilan raqobatlasha oladigan hamda mazkur sohalar uchun yangi huquqiy konstruksiyalar yaratadigan bilimli, tahliliy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalariga ega, adolatli va vatanparvar yuridik kadrlar tayyorlanishi talabini qo‘ymoqda.

Darhaqiqat, bugungi kunda universitetning asosiy vazifasi talabalarni oldindan ko‘ra bilgan holda tarbiyalash va o‘qitish bo‘lib, ular oliy maʼlumotli diplom bilan birga, ulardan xayot talab qiladiganidan ham ko‘proq bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishini taʼminlash bo‘lib hisoblanmoqda.

Fursatdan foydalanib, ushbu yo‘nalishda tinib tinmay faoliyat yuritib kelayotgan, bizdan avval universitetimiz boshida turgan, O‘zbekiston oliy yuridik taʼlimining bayrog‘ini saqlab va yuqori ko‘tarib kelgan hamda bu ishda davom etayotgan barcha ustozlarimizga raxmat aytmoqchiman.

Hurmatli ustozlarimizga sog‘liq, baxt va doimo izlanishda hamda yosh avlod tarbiyasida bo‘lishdan charchamaslikni tilab qolaman. Siz ustozlar o‘z ishingizning vatanparvarisiz va bizning o‘quv yurtimiz ravnaqi uchun yonib yashaysiz va talabalaringizga eng zarur va qimmatli bilimlaringizni ulashasiz.

Ishonchim komilki unib kelayotgan yosh avlod huquqshunoslarimiz bizga yorqin kelajakni qurishni davom ettirishda davomchi bo‘ladi, ezgu maqsadlarga erishishimizni taʼminlaydi va bu jarayon almamatr – Toshkent davlat yuridik universitetidan boshlanadi.

Aziz do‘stlar, hamkasblar, muhtaram mehmonlar va tadbirimiz ishtirokchilari.

Ishonchim komilki, Universitetimizning eng yaxshi anʼanalari, o‘qituvchi va olimlarimiz, iqtidorli talabalar va ko‘p sonli do‘stlarimizning professional tajribasi universitetimizga mamlakatimiz va jahonning huquqiy taʼlim va ilm makonida yuqori cho‘qqilarni zabt etish imkonini beradi. Sizga muvaffaqiyat, farovonlik, eng dadil g‘oyalarni amalga oshirish, universitetimiz manfaati uchun g‘alabalar va ko‘plab yutuqlarni tilab qolaman.

  • Biografiya
  • Vazifalari:

Tashkulov Akbar Djurabayevich — 1971-yil 21-sentabrda Jizzax viloyati Jizzax tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 

1994-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1994-1995 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan. 

Akbar Tashkulov:

– 1995-1997-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonunchilik va me’yoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi;

– 1997-2000-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalq xo‘jaligida huquqiy ishlar boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i;

– 2000-2002-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi boshlig‘i;

– 2002-2003-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalq xo‘jaligida huquqiy ishlar boshqarmasi boshlig‘i;

– 2003-2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xorijiy investisiyalar va xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i; 

– 2005-2013-yillarda Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i;

– 2013-2017-yillarda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i 

– 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o'rinbosari lozimlarida faoliyat olib borgan.

2015-yilda O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2021-yil 10-dekabrdan Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Lorem, ipsum dolor sit

Lorem, ipsum dolor sit amet consectetur adipisicing elit. Quidem alias exercitationem suscipit delectus! Quos commodi, illum veritatis facere cum exercitationem numquam quas. Aliquam minima minus provident at eos vel officia? Read more

Aloqa ma`lumoti

Telefon: +99 871 233-66-36

Pochta: tsulrector.info@tsul.uz

Qabul vaqti: