--:-- · --/--/----
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG Akademik litsey va yuridik texnikum bitiruvchilari qabuli
O'qishni ko'chirish hamda qayta tiklash tartibi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Abituriyentlarni Toshkent davlat yuridik universiteti 
Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik hamda Raqamli huquq (Digital law)
xalqaro ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF–232-son Farmoniga ko‘ra 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetida Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik hamda Raqamli huquq ta’lim yo‘nalashlarini joriy etish vazifasi belgilangan.

Bunda mazkur yoʻnalishlarga oʻqishga qabul qilish tanlovlari xalqaro standartlarga muvofiq hamda shunga ixtisoslashgan xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda IQ test oʻtkazish tartibida hamda tanlovda B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi va oʻquv jarayoni ingliz tilida olib borilishi tartibini belgilash nazarda tutilgan.

1. IQ test uchun ro‘yxatdan o‘tish:

5-25-iyun kunlari (shu kuni ham) abituriyentlar umumiy tartibda my.gov.uz yoki my.uzbmb.uz saytlari orqali ro‘yxatdan o‘tishadi. Bunda abituriyent fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashdan tashqari yuqoridagi yo‘nalishlarga o‘qishga kirish uchun IQ test topshirish uchun rozilik bildirishi kerak.

2. IQ testni o‘tkazish:

1-10-iyul kunlari TDYU va xalqaro standartlarga muvofiq ixtisoslashgan xorijiy tashkilot hamkorligida IQ test topshirish uchun rozilik bildirgan abituriyentlarga IQ test o‘tkaziladi. Mazkur testdan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar ro‘yxati Bilim va malakalarni baholash agentligiga (BMBA) taqdim etiladi.

3. Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi uchun fanlar majumuasidan an’anaviy testni topshirish:

14 – 28 iyul kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi test jarayonlari o‘tkaziladi. Test natijalarni test yechgan kunning ertasiga ma’lum bo‘ladi.

4. OTM va yo‘nalish tanlash bosqichi:

Abituriyent test jarayonlari yakunlanganidan keyin 15 kun davomida fanlar majmuasiga to‘g‘ri keladigan ta’lim yo‘nalishi va oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda 5 tagacha bo‘lgan ta’lim yo‘nalishini (OTM) tanlov ustuvorligini (davlat granti yoki ta’lim yo‘nalishi ustuvorligi) belgilagan holda tanlaydi.

Bunda, IQ testdan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar tanlashi mumkin bo‘lgan 5 ta yo‘nalish doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik hamda Raqamli huquq xalqaro ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

IQ testdan qoniqarsiz natija qayd etgan abiyuriyentlar odatdagi tartibda 5 tagacha ta’lim yo‘nalishi (OTM) va ta’lim shaklini tanlashlari mumkin bo‘ladi.

5. Natijalarning e’lon qilinishi:

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari, ya’ni mandat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

Abituriyentlar natijani Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy sayti, maxsus telegram botlari orqali abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan ID raqamini yuborish orqali bilishlari mumkin.


Qabul bo'yicha murojaat boti