Ko'zi ojiz abituriyentlar bir bosqichda — har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar ro'yxatdan o'tkaziladi (25-iyun kuni ham).
Shu davrda abituriyent oliy ta'lim tashkiloti, bakalavriat yo'nalishi, ta'lim shakli va ta'lim tilini tanlaydi.
Abituriyentlar ko'p balli yoki besh balli baholash tizimi bo'yicha baholanadi.
Fan bo'yicha imtihon shakli (yozma yoki og'zaki) qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi. Dasturlar va baholash mezonlari umumtaʼlim fanlari dasturlariga muvofiq tuziladi.
Qabul komissiyasi ko'zi ojiz abituriyentlar uchun maxsus jadval asosida maslahatlar tashkil etadi.
Kirish imtihonlari har yili iyul oyida e'lon qilingan muddatlarda o'tkaziladi.
Apellyatsiya shikoyatlari natijalar e'lon qilinganidan boshlab 24 soat ichida qabul qilinadi.
Apellyatsiya komissiyasi shikoyatni 3 kun ichida ko'rib chiqadi.