TDYU huzuridagi Namangan viloyat akademik litseyi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmoni bilan Namangan viloyati yuridik texnikumi negizida TDYU huzuridagi Namangan viloyat akademik litseyi tashkil etildi.
Adliya vazirining 2024-yil 6-iyundagi “Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 180-um-son buyrug‘i bilan Akademik litseyning ustav va namunaviy shtatlari tasdiqlandi.
Akademik litsey 2024-yil 8-iyunda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Akademik litseyda hozirgi kunda Boshqaruv 6 nafar, O‘qituvchi 35 nafar ( 8 nafar o‘rindosh va 27 nafar asosiy) hamda Texnik Xizmat ko‘rsatuvchi 31 nafar hodimlar ishlab kelmoqda.
Rahbariyat:
• Direktor: Toshkent davlat yuridik universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori RUSTAMBEKOV ISLAMBEK RUSTAMBEKOVICH
• Ijrochi direktor: EGAMOVA GULI OZADOVNA
• Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari: ASKAROV ILXOMJON ERKINOVICH
Akademik litsey o‘quvchilari 337 nafarni tashkil etib 14 ta guruh 1-kursda 7 ta guruh (2ta rus, 5ta o‘zbek), 2-kursda 7 ta guruh (2ta rus, 5ta o‘zbek)larda o‘qib kelishmoqda.
O‘quvchilar ishtirokida ochilgan klublar:
Ekologiya klubi
Loyihalar klubi
Zakovat klubi
Media klubi
Murojaatlar va sayyor qabullar tahlili asosida eng dolzarb huquqiy masalalar bo‘yicha seriyali kichik hajmli ommabopamaliy qo‘llanmalar tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Qabul vaqti: Dushanba – juma kunlari soat 09:00 dan 12:00 gacha
Bizning manzil:
Namangan viloyati, Namangan shahri, A.Temur ko‘chasi 32-uy
Murojaat uchun telefon: +99869-233-07-20
Elektron pochta: namyurlitsey@gmail.com
Murojaat uchun telegram bot: @Namyurlitseymurojaatbot