Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul komissiyasi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universitetining Huquqiy tashabbuslar va innovatsiyalar markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5987-son va 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–5847-son Farmonlari, 2018-yil 7-maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–3698-son qarori hamda Universitet Kengashining 2020-yil 21-maydagi 4-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Markazga universitet rektori tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan Markaz direktori rahbarlik qiladi. 

Markaz tarkibida Huquqiy tashabbuslar bo‘limi, Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi hamda Legal Tech laboratoriyasi mavjud bo‘lib, ularning faoliyati Universitet innovatsion jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:

innovatsion mahsulot (ish, xizmat)larga bo‘lgan talabni o‘rganish maqsadida tizimli ravishda so‘rovnomalar o‘tkazish;

yuridik amaliyotda mavjud bo‘lgan maummo va qiyinchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha dolzarb yo‘nalish va vazifalarni inobatga olgan holda ilmiy-innovatsion ishlanmalarni yaratish va tijoratlashtirish;

istiqbolli startap-loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha iqtisodiy va marketing tadqiqotlarni o‘tkazish;

biznes-reja hamda texnik topshiriqlarni ishlab chiqishga topshiriq va buyurtmalar berish. 

 Hozirgi kunda universitet tomonidan 17 turdagi yuridik xizmatlar ko‘rsatiladi.

2018-yilda davomida jami 12 ta xo‘jalik shartnomasidan
11,08 mln. so‘m, 2019-yilda davomida jami 22 ta shartnomadan 83,3 mln. so‘m, 2020-yil davomida esa 92,1 mln. so‘m tushum ta’minlangan.

Bundan tashqari, 2020–2021-yillarda Yevropa Ittifoqining Erasmus+ loyihasi doirasida Polshaning Gdansk universiteti (10 000 AQSh dollari) va Shvetsiyaning Lund universiteti (20 000 AQSh dollari) bilan almashinuv dasturlari amalga oshirilmoqda.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) loyihalari doirasida 2020–2022-yillarda xorijdan volontyorlar ta'lim jarayoniga jalb etilmoqda (loyiha qiymati 50 000 AQSh dollari).