Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
                    

TDYU talabalari uchun “Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” mavzusida uchrashuv tashkil etildi

Toshkent davlat yuridik universiteti Bandlik (Karyera) bo‘limi tomonidan “Kelajakka qadam” markazining hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda markaz mutasaddilari, bo‘lim xodimlari va talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda talabalarga biznes g‘oyani shakllantirish, biznes-reja tayyorlash, loyihalarni moliyalashtirish tartiblari, kreditga layoqatlilik mezonlari hamda amaliy jarayonlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, talabalar o‘z g‘oyalarini amalga oshirish, yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar olib, startapni konsepsiyadan tayyor loyiha holatiga yetkazish bosqichlari bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida talabalar biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan keng foydalanish, “Kelajakka qadam” dasturi orqali yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni yanada kengaytirish hamda startaplarni rivojlantirish bo‘yicha kelgusi chora-tadbirlar belgilab olindi.

                



image widget