Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul komissiyasi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Universitet Jahon bankining 140 ming AQSH dollar miqdoridagi Akademik innovatsiyalar fondi grant loyihasini amalga oshiradi.

Toshkent davlat yuridik universiteti O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda tashkil etilgan Akademik innovatsiyalar fondi grantlari tanlovida “Elektron universitet” platformasi orqali yuridik ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirishning innovatsion shakli” loyihasi bilan ishtirok etdi va tanlov g'olibi bo'ldi.

Hozirgi kunda mazkur loyiha doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish uchun 140 ming AQSH doll. ajratish haqida shartnoma tuzilmoqda. Grantni amalga oshirish guruhi tomonidan loyiha doirasida quyidagi asosiy chora-tadbirlar ko'zda tutilmoqda:

“Elektron universitet” platformasini yaratish uchun kompyuter programmalari mutaxassislari va maxsus dasturlash firmalari o'rtasida tanlov e'lon qilish;

“Elektron universitet” platformasi doirasida “Elektron ilmiy tadqiqotchi”, “Elektron o'quv jarayoni”, “Elektron pedagog”, “Elektron talaba”, “Elektron darslik”, “Elektron huquqiy targ'ibot”, shuningdek ijtimoiy va yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni yagona platforma negizida birlashtirish;

Zamonaviy chet el oliy o'quv yurtlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o'rganish va programmalarni o'rganish (shu jumladan xizmat safariga borish va xorijiy mutaxassislarni ekspert sifatida taklif qilish);

“Elektron universitet” platformasini yaratish davomida xotin-qizlar tomonidan yuridik ta'lim olish faolligini oshirish uchun maxsus onlayn dasturlar ishlab chiqish va aprobatsiyadan o'tkazish;

loyiha natijalarini xalqaro ilmiy-texnik ma'lumotlar bazalarida (Scopus, Web of Science va shu kabi) indeksatsiya qilinadigan jurnallarda chop etish va boshqalar.

Toshkent davlat yuridik universiteti “Elektron universitet” platformasi orqali yuridik taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirishning innovatsion shakli” loyihasi bilan ishtirok etib tanlov gʼolibi deb topildi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 140 ming АQSh dollari miqdoridagi moliyalashtirishga erishildi va quyidagi ishlar amalga oshirildi:

1. 2019-yil 6-mart kuni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vaziri hamda Toshkent davlat yuridik universiteti rektori oʼrtasida 140 ming АQSh dollari miqdoridagi АIF 2/23-son shartnoma imzolandi.

2. Loyihani amalga oshirish boyicha ishchi guruh tomonidan loyihaning dastlabki konsepsiyasi ishlab chiqildi.

3. Oʼzbekistonda faoliyat yuritayotgan 5 ta yetakchi oliy taʼlim muassasalariga (TАTU, Turin universiteti, Vestminster universiteti, Inxa universiteti, Singapur universiteti) tasdiqlangan jadval asosida 2019-yil may oyida mavjud elektron taʼlim dasturlari bilan tanishish va tajriba oʼrganish maqsadida 3-4 kunlik tashriflar amalga oshirildi.

4. Tender komissiyasiga qaroriga koʼra xizmatlarning arzon, sifatli va kafolatlanganligini inobatga olib, “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qollab quvvatlash boyicha yagona integrator MChJ bilan jami bahosi 178 922 265 (bir yuz yetmish sakkiz million toʼqqiz yuz yigirma ikki ming ikki yuz oltmish besh) soʼmlik shartnoma tuzish maʼqul deb topildi va 2019 yil 12 sentyabr kuni Toshkent davlat yuridik universiteti va MChJ “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qollab quvvatlash boyicha yagona integrator bilan shartnoma imzolandi.