Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda elektr energiyani tejash va undan oqilona foydalanish hamda ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan o‘quv-ma’rifiy mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Ma’lumki, 2025-yil 15-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi. Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat yuridik universitetida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, TDYU Ekologiya huquqi kafedrasi talabalar uchun o‘quv-ma’rifiy mashg‘ulotlarni tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni tahlil qilindi, shuningdek, energiya samaradorligiga erishish yo‘llari va tabiiy resurslarni muhofaza qilish choralari muhokama etildi.

Mashg‘ulotlar davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.