Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
Saydullayev Shaxzod Alixanovich
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, 100047. Toshkent sh., Sayilgoh ko‘ch., 35 uy
Telefon: +99 871 233-66-36
Faks: +99 871 233-37-48
Elektron pochta: ommaviyhuquq@tsul.uz
Qabul kunlari: Seshanba/Payshanba

Talim dasturi

TA’LIM DASTURI PROFILI

(5240105 – Yurisprudensiya: fuqarolik va biznes huquqi)

Umumiy ma’lumotlar: 

OTM nomi va manzili: Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU), Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, 100047. 

Tashkilot turi va huquqiy maqomi haqida ma’lumot: TDYU yuridik shaxs bo‘lib, oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. 

Akademik kalendar: Universitetda o‘quv yili qoida tariqasida 2 sentabrdan boshlanadi va o‘quv soatlari o‘quv yilida 28 haftani tashkil etadi, jumladan 14 hafta kuzgi, 14 hafta bahorgi semestrlar uchun. 

Kuzgi va bahorgi semestrlarda talabalarning mustaqil ta’limi uchun alohida xaftalar ajratilgan. Bunda kuzgi semestrda 1, 6, 12-haftalar, bahorgi semestrda esa 29 va 35 haftalar mustaqil ta’lim haftaligi hisoblanadi. 

Qishki ta’til o‘quv yilining 18 va 19 haftalarida bo‘lib o‘tadi. 
O‘quv yilining 20-23-haftalari kuzgi semestr uchun yakuniy nazoratlarni topshirish uchun ajratilgan. 

Bahorgi semestr qoida tariqasida 1 fevraldan boshlanadi. O‘quv yilinining 40-43 haftalarida bahorgi semestr uchun yakuniy nazoratlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

1-3 kurs talabalari uchun o‘quv yilining 44-52 haftalari yozgi ta’til uchun ajratilgan. 

4-kurs talabalari uchun o‘quv yilining 24-33 haftalarida bitiruv malakaviy amaliyot o‘tashi, 34-42 haftalarda esa Yakuniy davlat attestatsiyasi (talabalar tanlovi asosida kompleks davlat imtihoni yoki bitiruv malakaviy ishini himoya qilish) o‘tkaziladi.

Ta'lim dasturi profilini yuklab olish PDF

Ta'lim dasturi profilini yuklab olish word

Kafedralar


“Ommaviy huquq” fakulteti

Ommaviy huquq jamoat manfaatini ta’minlovchi munosabatlarni tartibga soladigan huquq tarmoqlari majmui hisoblanadi. Shuning uchun ham mazkur fakultetni tashkil etishda ommaviy-huquqiy, konstitutsiyaviy, ma’muriy munosabatlarida hamda norma ijodkorligi sohasida zamonaviy tendensiyalarini tadbiq etish masalasiga alohida e’tibor qaratish maqsadi ko‘zlangan.

Ommaviy huquq fakultetida tahsil olayotgan talabalar kelajakda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, ijro hokimiyati organlari, shu jumladan adliya organlari, shuningdek, sud, prokuratura, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati institutlari tizimida mehnat faoliyatini olib borish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 

Fakultet maqsadi: talabalarning norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash yo‘nalishi bo‘yicha zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni egallashlarini ta’minlash. 

Fakultet shiori: “Adolat – huquq ustuvorligida”

Ommaviy huquq fakultetining asosiy vazifalari:

zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yuqori kasbiy pedagogik mahoratga, huquqiy va siyosiy madaniyatga, amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislar bilan mustaxkamlash;

o‘quv jarayonini o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlari, innovasion pedagogik va axborot texnologiyalari asosida tashkil etish;

norma ijodkorligi jarayonini yanada rivojlantirish maqsadida bu borada alohida bilim va malakaga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash tizimini rivojlantirish;

fakultet ilmiy salohiyatini kuchaytirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilmiy-tadqiqot va innovasion faoliyatni muvofiqlashtirish, ilmiy loyihalarni jalb etish hamda ta’lim va fan uzviy bog‘liqligini ta’minlash;

  xorijiy va milliy reyting indikatorlarini hisobga olgan holda ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish.

Ommaviy huquq fakulteti tarkibida 6 ta kafedra mavjud:

“Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasi;

“Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi;

“Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi;

“Ekologiya huquqi” kafedrasi;

“Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi;

“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi.

Kafedralarda mehnat qilib kelayotgan professor-o‘qituvchilar talabalarga ilg‘or pedogogik texnologiyalardan foydalangan holda dars mashg‘ulotlarini interfaol usullarda olib bormoqda. 

Fakultet talabalarning soni esa 1005 nafarni tashkil etadi. 

Bizning xodimlarimiz:

Saydullayev Shaxzod Alixanovich – fakultet dekani, yuridik fanlar nomzodi, professor

Ilmiy qiziqishlari sohasi: davlat va huquq nazariyasi, yuridik kolliziyalar, huquqdagi bo‘shliqlar, qiyosiy huquqshunoslik, norma ijodkorligi.

Olib boradigan modullari: Davlat va huquq nazariyasi, Norma ijodkorligi.

Ilmiy faoliyatining yo‘nalishlari: TDYU huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar a’zosi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qo‘shma qaroriga asosan tashkil etilgan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikasiyalash uchun “Huquqshunoslik” mutaxassisligi bo‘yicha Ekspert komissiyasi a’zosi.

e-mail: sh.saydullaev@tsul.uz


Boymurodov Botir Panji o‘g‘li – o‘quv ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Ilmiy qiziqishlari sohasi: davlat va huquq nazariyasi, norma ijodkorligi, huquq rivojining zamonaviy tendensiyalari.

Olib boradigan modullari: Davlat va huquq nazariyasi.

Ilmiy faoliyatining yo‘nalishlari: “Norma ijodkorligi faoliyatida fuqarolar ishtirokining huquqiy asoslari” mavzusida PhD ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot olib bormoqda. 20 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalar muallifi.

e-mail: bboymurodovv@tsul.uz


Tojiboyev Akbar Zafarovich – yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Ilmiy qiziqishlari sohasi: fuqarolik huquqi, biznes huquqi, korporativ huquq, axborot texnologiyalari  huquqi.

Ilmiy faoliyatning yo‘nalishlari va yutuqlari: “Startaplar faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solish” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish yuzasidan dissertasiya ustida ish olib bormoqda. 30 dan ortiq o‘quv va ilmiy ishlar muallifi. Xususan, 29 ta maqola, 4 ta darslik (hammualliflikda) 2 ta risola, 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma (hammualliflikda) shular jumlasidandir. Shuningdek, TDYU O‘quv-uslubiy kengashi kotibi sifatida faoliyat olib boradi.

e-mail: azafarovic@tsul.uz


Kushmatov Abrorjon Rayimjonovich – xalqaro aloqalar va innovasiyalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Ilmiy qiziqishlari sohasi: fuqarolik huquqi, fuqarolik prosessual huquqi, xalqaro  arbitraj, axborot texnologiyalari huquqi.

Ilmiy faoliyatning yo‘nalishlari: “Xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish” yo‘nalishi magistranti

e-mail: a.kushmatov@tsul.uz


Matchanov Faxriddin Kuramboy o‘g‘li – uslubchi

Ilmiy qiziqishlari sohasi: jinoyat huquqi, jinoyat protsessual huquqi, ma’muriy huquq.

Ilmiy izlanishlari: “Jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro  hamkorlik” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. 10 ga yaqin ilmiy-ommabop maqolalar muallifi.

e-mail: matchanovfaxriddin@tsul.uz


To‘ychiyeva Malika Botir qizi – o‘quv ishlari bo‘yicha dispetcher

Ilmiy qiziqishlari sohasi: fuqarolik huquqi, fuqarolik prosessual huquqi, davlat va huquq nazariyasi

e-mail: malikatuychiyeva1997@tsul.uz⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠


Bizning manzil:

Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, TDYU 2-o‘quv binosi, 123-xona

Murojaat uchun telefon: 233-66-36, 1150 (ichki)

Elektron pochta: publiclaw@tsul.uz