Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
                    

TDYU huzuridagi Namangan viloyat akademik litseyi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmoni bilan Namangan viloyati yuridik texnikumi negizida TDYU huzuridagi Namangan viloyat akademik litseyi tashkil etildi.

Adliya vazirining 2024-yil 6-iyundagi “Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 180-um-son buyrug‘i bilan Akademik litseyning ustav va namunaviy shtatlari tasdiqlandi.

Akademik litsey 2024-yil 8-iyunda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Akademik litseyda hozirgi kunda Boshqaruv 6 nafar, O‘qituvchi 35 nafar ( 8 nafar o‘rindosh va 27 nafar asosiy)  hamda Texnik Xizmat ko‘rsatuvchi 31 nafar hodimlar ishlab kelmoqda.

Rahbariyat:

•  Direktor: Toshkent davlat yuridik universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori RUSTAMBEKOV ISLAMBEK RUSTAMBEKOVICH

•  Ijrochi direktor: EGAMOVA GULI OZADOVNA

•  Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari: ASKAROV ILXOMJON ERKINOVICH

Akademik litsey o‘quvchilari  337 nafarni tashkil etib 14 ta guruh 1-kursda 7 ta guruh (2ta rus, 5ta o‘zbek), 2-kursda 7 ta guruh (2ta rus, 5ta o‘zbek)larda o‘qib kelishmoqda.


O‘quvchilar ishtirokida ochilgan klublar:

Ekologiya klubi

Loyihalar klubi

Zakovat klubi

Media klubi

Murojaatlar va sayyor qabullar tahlili asosida eng dolzarb huquqiy masalalar bo‘yicha seriyali kichik hajmli ommabopamaliy qo‘llanmalar tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Qabul vaqti: Dushanba – juma kunlari soat 09:00 dan 12:00 gacha

Bizning manzil:

Namangan viloyati, Namangan shahri, A.Temur ko‘chasi 32-uy

Murojaat uchun telefon: +99869-233-07-20

Elektron pochta: namyurlitsey@gmail.com

Murojaat uchun telegram bot: @Namyurlitseymurojaatbot