Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
                    

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S. Vosiqova nomidagi akademik litsey

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-fevraldagi “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to‘g‘risida”gi 77-son qaroriga asosan tashkil etilgan. 2013-yil 28-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1990-son qarori qabul qilinib, mazkur qaror bilan Toshkent davlat yuridik instituti Toshkent davlat yuridik universiteti etib qayta tashkil etilganligi munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey maqomi berilgan. Akademik litseyda ta’lim jarayoni ikki smenada tashkil etilgan bo‘lib, unda “Ijtimoiy-gumanitar-5” yo‘nalishida o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlar tayyorlanadi.


Akademik litseyda mavjud stipendiya, tanlov va grandlar:

- Toshkent davlat yuridik universiteti stipendiyasi;

- Toshkent davlat yuridik universiteti ta’lim granti;

- “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyasi;

- O‘quvchi-qizlar uchun “ONA” jamoat fondi stipendiyasi;

- “Lex Pride – Akademik litsey faxri” tanlovi;

- Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan ta’sis etilgan Xadicha Sulaymonova nomidagi stipendiya;

- O‘rta maxsus kasb hunar ta’lim boshqarmasi boshlig‘i stipendiyasi;

- Street law loyihasi;


TDYU huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

INSTAGRAM…

FACEBOOK…

TELEGRAM…

YOUTUBE…

VEB SAHIFA…


Qabul vaqti: Dushanba - Chorshanba, 15:00 - 17:00

Bizning manzil:

Toshkent shahri, Shayxontxur tumani, Labzak tor ko'chasi, 10-uy

Murojaat uchun telegram bot: @tsul_litsey_murojaat_bot

Murojaat uchun telefon: +998 (55) 515-01-77

Elektron pochta: contact@altsul.uz