--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
Bosh sahifa Prorektorlar     Esanova Zamira Normurotovna
network error!

Esanova Zamira Normurotovna

: (+998 71) 233-37-48

:

:esanova@tsul.uz

Esanova Zamira Normurotovna 1972-yil 25-avgustda Toshkent viloyati Bekobod tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat yuridik instituti Sud-prokurorlik fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist, yuridik fanlari doktori, professor.
Z.Esanona o‘z mehnat faoliyatini 1995-1999-yillar davomida Toshkent davlat universiteti kafedra o‘qituvchisi lavozimidan boshlagan. 1999-2006-yillarda Toshkent davlat yuridik instituti Fuqarolik protsessual huquqi kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, 2006-2013-yillarda Fuqarolik protsessual huquqi kafedrasi dotsenti, kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi, kafedra mudiri, 2013-2015-yillarda Fuqarolik protsessual va xo‘jalik protsessual huquqi kafedrasi mudiri, 2015-2018-yillarda TDYU Ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.
Z.Esanona 2005-yil 30-sentabrda “Otalikni belgilash to‘g‘risidagi nizolarni sudda ko‘rishning protsessual xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2010-yil 24-noyabrda “Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq nizolarni fuqarolik sudida ko‘rishning protsessual xususiyatlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 27-avgustdagi avgustdagi Farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining 2017-yil 27-yanvardagi 234/1-son bayonnomasiga ko‘ra professor ilmiy unvoni berilgan.
Z.Esanona 2013-2016-yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi 16.07.2013 Yu 26.01 raqamli raqamli ilmiy kengash a’zosi, Ilmiy kengash qoshidagi fuqarolik huquqiy fanlar bo‘yicha Ilmiy seminar raisi, Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasi bo‘yicha 2016-2018-yillarda Ilmiy kengash raisi sifatida faoliyat yuritgan. Ko‘p yillar davomida mazkur Kengash a’zosi bo‘lgan. 2021-2025-yillarda universitet huzuridagi Tadqiqot etikasi kengashi raisi sifatida faoliyat olib borgan.
2013-yildan buyon jamoatchilik asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Ilmiy maslahat kengashi a’zosi sifatida faoliyat yuritadi.


O'xshash sahifalar
Ijtimoiy tarmoqlar
Qabul bo'yicha murojaat boti