--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
Bosh sahifa Prorektorlar     Hoshimxonov Ahrorxon Mo‘minovich

Yuridik fanlar doktori, professor Xashimxonov Ahrorxon Mo‘minovich 1981-yil 21-avgustda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. U 2003-yilda Toshkent davlat yuridik instituti bakalavriatini, 2005-yilda magistraturasini tamomlagan, 2-darajali asliya maslahatchisi.
A.Xashimxonov mehnat faoliyatini 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutining Davlat huquqi va boshqaruvi kafedrasi o‘qituvchisi sifatida boshlagan. U 2008–2010-yillarda 1-huquq fakulteti dekani o‘rinbosari, 2010–2013-yillarda magistratura bo‘limi boshlig‘i, 2013–2016-yillarda Amaliyot, stajirovka va kasbiy o‘sishni monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i, 2016–2017-yillarda Ekologiya va agrar huquqi kafedrasi mudiri, 2017–2020-yillarda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tuman sudi sudyasi, 2020-2021-yillarda TDYU Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori, 2021-2022-yillarda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.
A.Xashimxonov 2022-yildan TDYU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor lavozimida ishlab kelmoqda. A.Xashimxonov 2024-yildan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati va O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining jamoatchilik asosidagi a’zosidir. Shuningdek, u Gdansk universiteti (Polsha) va Kanzas shtat universiteti (AQSh) tashrif buyuruvchi professori hisoblanadi.


O'xshash sahifalar
Ijtimoiy tarmoqlar
Qabul bo'yicha murojaat boti