Iminov Azizulla Abdulatipovich 1996-yilda Toshkent davlat universitetini, 2001-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tamomlagan.
A.Iminov mehnat faoliyatini “Hayot va qonun” yuridik jurnali hamda “Inson va Qonun” huquq gazetasi tahririyatida hisobchi-xazinachi, bosh hisobchi lavozimlaridan boshlagan. U 1999-yildan boshlab turli yillarda Toshkent davlat yuridik instituti (universiteti)da bosh hisobchisi o‘rinbosari, bosh hisobchi o‘rinbosari-auditori, bosh hisobchi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Ayni paytda A.Iminov Toshkent davlat yuridik universitetining moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritmoqda.