Axborot-resurs markazining asosiy maqsadi talabalar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar hamda boshqa foydalanuvchilarni o‘quv, ilmiy, badiiy va xorijiy adabiyotlar bilan tezkor, to‘liq va sifatli ta’minlash, zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlarini yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini an’anaviy va raqamli axborot resurslari bilan samarali qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Axborot-resurs markazi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
1. Ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlash
- o‘quv dasturlari va ta’lim yo‘nalishlariga muvofiq adabiyotlar fondini shakllantirish va muntazam boyitib borish;
- darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy nashrlar va boshqa zarur adabiyotlarni yangilash;
- foydalanuvchilarga tezkor va sifatli axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish.
2. Ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash
- professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilarni zarur ilmiy manbalar bilan ta’minlash;
- milliy va xalqaro elektron axborot bazalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
- ilmiy tadqiqotlar olib borishda bibliografik va metodik yordam ko‘rsatish.
3. Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni rivojlantirish
- kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;
- yoshlar orasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish;
- tarixiy, huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy mavzularda uchrashuvlar, davra suhbatlari, tanlovlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish.
4. Faoliyatni raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish
- elektron kataloglar va ma’lumotlar bazalarini shakllantirish hamda yuritish;
- axborot-kutubxona faoliyatiga zamonaviy dasturiy vositalar va texnologiyalarni joriy etish;
- foydalanuvchilarning axborot resurslaridan masofaviy foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.