--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Iqtisodiy rivojlanish va taʼminot boshqarmasi

Maqsad

Boshqarma universitetning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi universitetning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini rejalashtirish, xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ishlab chiqish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek, universitet ehtiyojlari uchun zarur tovarlar (ishlar va xizmatlar)ni davlat xaridlari maxsus axborot portaliga joylashtirish va ularni belgilangan tartibda xarid qilish jarayonlarini tashkil etishdan iborat.

Vazifalar

Boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

1.      Universitetning boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlari, shuningdek, professor-o‘qituvchilari tarkibi (keyingi o‘rinlarda — xodimlar) bo‘yicha shtat jadvallarini ishlab chiqish.

2.      Universitetning xarajatlar smetasini ishlab chiqish.

3.      Xodimlarga ustama haqlar belgilash va to‘lash bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish.

4.      Universitet tipografiyasida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar hamda universitet faoliyati uchun zarur blankalarni chop etish xarajatlarini rejalashtirish va tegishli hisob-kitoblarni amalga oshirish.

5.      Universitetning moliyaviy-iqtisodiy holatini mustahkamlash, budjet intizomiga qat’iy rioya etish, moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tashkil etish hamda budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash.

6.      O‘zbekiston Respublikasining «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonuni hamda universitet ehtiyojlari uchun tovarlar (ishlar va xizmatlar)ni xarid qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishini ta’minlash.

7.      Universitet ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida budjet, budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan davlat xaridlarini belgilangan tartibda tashkil etish.

8.      Budjet, budjetdan tashqari mablag‘lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan olingan mablag‘larning samarali va maqsadli sarflanishini ta’minlash.

9.      Davlat xaridlarini amalga oshirishda quyidagi prinsiplarga rioya etilishini ta’minlash: davlat buyurtmachisining kasbiy mahorati; asoslanganlik; moliyaviy mablag‘lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi; ochiqlik va shaffoflik; raqobat va xolislik; mutanosiblik; davlat xaridlari tizimining yagonaligi va yaxlitligi; korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik.

10.  Tanlov va boshqa xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, ushbu jarayonlar bilan bog‘liq hujjatlar aylanishini muvofiqlashtirish.

11.  Universitetda tashkil etilgan xarid komissiyasi hamda universitetning texnik va texnologik ta’minotini tashkil etishga ko‘maklashuvchi ishchi organ faoliyatini muvofiqlashtirish.

12.  Boshqarma faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan boshqa idora va tashkilotlar bilan bevosita hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

Loyihalar

Boshqarma faoliyati doirasida quyidagi nizomlar loyihalari ishlab chiqilgan:

1.      Toshkent davlat yuridik universiteti rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilari va boshqa xodimlari, shuningdek, xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash miqdorlarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi.

2.      Toshkent davlat yuridik universiteti rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilari va boshqa xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun Maxsus jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi.

3.      Toshkent davlat yuridik universitetining Rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom loyihasi.

 

Qabul bo'yicha murojaat boti