--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

O‘quv-uslubiy boshqarma (Registrator ofisi)

Shior:
Sifatli xizmat — sifatli ta’limning poydevori.

Maqsad

Boshqarma universitetda o‘quv jarayonini tashkil etish, fakultet dekanatlari va sho‘balarning o‘quv hamda o‘quv-uslubiy faoliyatini muvofiqlashtirish va qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiradi.

Shuningdek, universitetda o‘quv jarayonini takomillashtirish, yuridik kadrlar tayyorlash bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

Vazifalar

1. O‘quv jarayonini tashkil etish va muvofiqlashtirish

·         Fakultetlar tomonidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ishlab chiqilgan malaka talablari, o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari hamda dars jadvallarini belgilangan tartibda kelishish va tasdiqlash uchun universitet Kengashiga kiritish;

·         universitetda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash jarayonlarini muvofiqlashtirish;

·         talabalarni kursdan kursga o‘tkazish yoki kursda qoldirish, shuningdek, ularga stipendiya tayinlash to‘g‘risidagi rektor buyruqlari loyihalarini kelishish;

·         akademik qarzdorligi mavjud talabalar uchun fanlarni qayta o‘zlashtirish mashg‘ulotlarini tashkil etish to‘g‘risidagi rektor buyruqlari loyihalarini tayyorlash;

·         talabalarning har bir fan, semestr va kurs bo‘yicha, shuningdek, jami to‘plagan kreditlari hisobini yuritish ustidan nazoratni amalga oshirish;

·         talabalar kontingenti hisobining fakultet dekanatlari bilan hamkorlikda to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilish;

·         o‘quv jarayonini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan mavjud dasturiy vositalarni rivojlantirish va ulardan samarali foydalanilishini nazorat qilish;

·         o‘quv jarayonini tashkil etishda zamonaviy texnik vositalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellekt vositalaridan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish;

·         professor-o‘qituvchilarning o‘quv jarayonida zamonaviy texnik vositalardan samarali foydalanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.

2. Talabalarga xizmat ko‘rsatish va Registrator ofisi faoliyati

·         Tasdiqlangan xizmat ko‘rsatish reglamentiga muvofiq akademik (o‘quv) faoliyat, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat, buxgalteriya, marketing, ilmiy faoliyat hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;

·         fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish va ularga belgilangan tartibda javob berish;

·         talabalar hamda fuqarolarning og‘zaki murojaatlariga javob berish;

·         kelib tushgan topshiriqlar va murojaatlar ijrosini ta’minlash;

·         talabalikka qabul qilingan abituriyentlar, talabalar, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan fuqarolar, xorijiy fuqarolar hamda qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida qabul qilingan talabalar uchun ikki yoki uch tomonlama, stipendiyali yoki stipendiyasiz shakldagi to‘lov-kontrakt shartnomalarini rasmiylashtirish va taqdim etish.

3. Talabalar bandligi va karyera xizmatlari

·         Talabalar va bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish;

·         bo‘sh ish o‘rinlari bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish;

·         talabalarni amaliyot va stajirovkalarga yo‘naltirish hamda ularni tashkil etish;

·         ish beruvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish;

·         bitiruvchilarning ishga joylashish holatini monitoring qilish va tahlil yuritish;

·         talabalarga karyera bo‘yicha maslahatlar berish, jumladan, rezyume (CV) tayyorlash va ishga qabul qilish suhbatlariga tayyorgarlik ko‘rishda ko‘maklashish;

·         mehnat yarmarkalari, ish beruvchilar bilan uchrashuvlar va seminarlar tashkil etish.

4. Axborot tizimlari va raqamli ta’lim infratuzilmasi

·         “Elektron universitet” ta’lim platformasining uzluksiz ishlashini, boshqa axborot tizimlari bilan integratsiyasini va muntazam takomillashtirilishini ta’minlash;

·         talabalar bitiruv malakaviy ishlarini tanlash platformasining uzluksiz faoliyatini ta’minlash;

·         universitet axborot tizimlarining global tarmoq bilan integratsiyasini ta’minlash, o‘quv jarayonini avtomatlashtirish, elektron ilmiy-uslubiy bazani shakllantirish va muntazam yangilab borish;

·         global axborot-huquqiy va ta’lim resurslariga ulanishni tashkil etish hamda ushbu resurslarni muntazam yangilab borish;

·         universitet binolariga o‘rnatilgan turniket tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash;

·         universitet axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini saqlovchi serverlarning uzluksiz faoliyatini ta’minlash hamda ularni muntazam takomillashtirib borish;

·         axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi dasturiy ta’minotning soz holatda ishlashini ta’minlash va uning faoliyatini takomillashtirish;

·         elektron pochta xizmatini rivojlantirish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.

5. Axborot xavfsizligini ta’minlash

·         Universitet axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarida axborot xavfsizligini ta’minlash;

·         axborot-kommunikatsiya tarmoqlarida axborot xavfsizligini zamonaviy talablar darajasiga olib chiqish;

·         xorijiy tajribani o‘rganish asosida axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yangi texnologiyalarni joriy etish;

·         korporativ elektron pochta xizmatining axborot xavfsizligini ta’minlash, professor-o‘qituvchilar va xodimlarni shaxsiy korporativ elektron pochta manzillari bilan ta’minlash.

6. To‘lov-kontrakt va moliyaviy hisob-kitoblar

·         To‘lov-kontrakt bo‘yicha to‘lovlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini nazorat qilish;

·         to‘lov-kontrakt bo‘yicha yuzaga kelgan debitor qarzdorliklar haqida universitet rahbariyatiga ma’lumot taqdim etish;

·         Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining billing.edu.uz hamda UzASBO axborot tizimlarida talabalar debitorlik va kreditorlik qarzdorligi hisobining to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash;

·         akademik fanlardan qarzdorligi mavjud talabalar uchun tashkil etiladigan yozgi intensiv kurslarda tahsil olish istagini bildirgan talabalarga kredit-modul tizimi asosida shartnomalar taqdim etish;

·         kunlik to‘lovlar hisobini yuritish;

·         xorijiy fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha ma’lumotlarni buxgalteriyaga taqdim etish;

·         stipendiyali to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar to‘lovlari bo‘yicha ma’lumotlarni buxgalteriyaga taqdim etish;

·         talabalikka qabul qilish, shartnoma tuzmagan talabalar, to‘lov-kontrakt tushumlari va kursdan kursga qoldirilgan talabalarning qarzdor fanlari yuzasidan tegishli bildirgilar kiritish.

Loyihalar, klublar va to‘garaklar

1. “Adliya” talabalar klubi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2018-yil 28-martdagi buyrug‘i asosida tashkil etilgan. Adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi “Adliya organlari va muassasalarida tanishtiruv, bitiruv malakaviy amaliyot o‘tash va ish o‘rganishni takomillashtirish haqida”gi 319-um-son buyrug‘ida to‘rtinchi bosqich talabalari uchun bitiruv malakaviy amaliyotini tashkil etish nazarda tutilgan.

2. “Bo‘lajak prokurorlar” klubi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida 2017-yil 20-aprelda tuzilgan Yuridik kadrlarni tayyorlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum asosida tashkil etilgan.

3. “Bo‘lajak advokatlar” klubi

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi va Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida 2017-yil 25-noyabrda tuzilgan Yuridik kadrlarni tayyorlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum asosida tashkil etilgan.

4. “Bo‘lajak notariuslar” klubi

O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi va Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida 2020-yil 7-sentabrda tuzilgan Yuridik kadrlarni tayyorlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum asosida tashkil etilgan.

5. “Ombudsman” klubi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) va Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida 2021-yil 11-iyunda imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumi asosida tashkil etilgan.

6. “Bo‘lajak sud xodimlari” klubi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida 2023-yil 23-oktabrda imzolangan qo‘shma qaror asosida tashkil etilgan.

7. “Eko-huquqshunoslar” klubi

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida 2025-yil 4-aprelda imzolangan qo‘shma qaror asosida tashkil etilgan.

8. “Karyera” klubi

Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun 2025-yil 30-sentabrda tashkil etilgan.

 

Qabul bo'yicha murojaat boti