Bizning
maqsadimiz:
Yuridik byuro –
Toshkent davlat yuridik universitetining tarkibiy boʼlinmasi, faoliyatining
asosiy yoʼnalishlari quyidagilardan iborat:
– universitetning
qonunchilikni qoʼllash amaliyotida qonun ustuvorligi va qonuniylikni
taʼminlashni tashkil etish;
– universitetning
tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan)ichki (lokal) va boshqa
hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib
borish;
– norma
ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo
ishlarini yuritish, universitetning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli
himoya qilinishini taʼminlash;
– qonunchilikka
zid boʼlgan, qonunchilik texnikasi talablariga javob bermaydigan ichki (lokal)
hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ijrochilariga puxta ishlash uchun
qaytarish, oʼz eʼtirozlarini asoslagan holda, aniqlangan kamchiliklarni
bartaraf etish toʼgʼrisida huquqiy xulosalar berish, rahbariyat topshirigʼiga
koʼra yoki oʼz tashabbusi bilan boshqa tuzilmalar bilan birgalikda ushbu
loyihalarni puxta ishlanishida ishtirok etish;
– universitet
tarkibiy boʼlinmalarda oʼtkaziladigan tekshirishlar, taftishlar va xatlovlarda,
shuningdek ularning yakunlari boʼyicha hujjatlarni koʼrib chiqishda ishtirok
etish hamda aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan huquqiy xulosalar berish.
Bizning xodimlar:
Xosilov Erkin
Dilmurotovich – katta yuriskonsult
Аliboev Dostonbek
Jumaboy o'g'li – yuriskonsulьt
Bizning manzil:
gorod Tashkent,
ulitsa Sayilgox, 35, uchebnoe zdanie №1, kabinet №127
Tel: 233-66-36,
1181 (ichki).
Elektron pochta: