--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Maqsad

Boshqarmaning asosiy maqsadi — Toshkent davlat yuridik universitetining (keyingi o‘rinlarda — universitet) xalqaro aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlashdan iborat.

Ushbu maqsad doirasida boshqarma yetakchi xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalari, tahliliy va tadqiqot markazlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytiradi. Shuningdek, universitet xodimlari va talabalarining xorijda tahsil olishi, ilmiy tadqiqotlar olib borishi, tajriba almashishi, malaka oshirishi va stajirovkalarda ishtirok etishiga ko‘maklashadi.

Boshqarma xorijiy yuqori malakali mutaxassislarni universitetning o‘quv jarayoniga jalb etish, xalqaro ilmiy tadbirlarni tashkil etish hamda universitetning xalqaro nufuzi, reytinglardagi o‘rni va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan faoliyatni qo‘llab-quvvatlaydi.

Vazifalar

Yetakchi xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalari, tahliliy va tadqiqot markazlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, rivojlantirish va mustahkamlash.

Universitet xodimlari va talabalarining xorijda tahsil olishi, ilmiy tadqiqotlar olib borishi, tajriba almashishi, malaka oshirish kurslari va stajirovkalarda ishtirok etishiga ko‘maklashish.

Talabalarning xalqaro akademik mobillik dasturlarida ishtirok etishini tashkil etish va muvofiqlashtirish.

Yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarning amaliy tajribaga ega yuqori malakali mutaxassislarini universitetga jalb etish, ularning o‘quv jarayoni hamda yuridik klinika faoliyatida ishtirok etishiga ko‘maklashish.

Universitetga tashrif buyuradigan xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlarni tashkil etish va xalqaro hamkorlik doirasidagi tashriflarni muvofiqlashtirish.

Xalqaro ilmiy tadbirlarni tashkil etish hamda universitet xodimlari va talabalarining xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan ilmiy tadbirlar, konferensiyalar va tanlovlarda ishtirok etishiga ko‘maklashish.

Loyihalar, dasturlar va klublar

Erasmus+ dasturlari;

DAAD dasturlari;

JICA dasturlari;

KOICA dasturlari;

MIRAI dasturi;

xalqaro akademik mobillik dasturlari;

Yoshlar huquqiy forumi (Yosh Law forumi).

Qabul bo'yicha murojaat boti