Uzluksiz ta’lim boshqarmasi
Uzluksiz ta’lim boshqarmasi o‘rta maxsus va professional ta’lim tizimida Adliya vazirligi yuridik texnikumlari va Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning o‘quv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish, ularga amaliy va axborot resurslari jihatdan ko‘maklashish sohasidagi ishlarni tashkil etishda joriy rahbarlikni amalga oshiruvchi universitetning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Bizning maqsadimiz – uzluksiz ta’lim tizimida o‘rta maxsus va professional ta’lim sohasidagi islohotlarning ijrosini ta’minlash orqali samaradorlikka erishish.
Bizning vazifalarimiz:
Bugungi kunda boshqarma ta’limning uzluksizligi va izchilligini ta’minlashni hisobga olgan holda qator vazifalarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan:
– yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litseyda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv-uslubiy materiallar, o‘quv reja va fan dasturlari (sillabuslar)ni ishlab chiqish, tayyorlash, ularning bajarilishini doimiy ravishda monitoring qilish;
– o‘qituvchilarning kasbiy salohiyati va pedagogik mahoratini oshirib borish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularni maqsadli ta’limga yo‘naltirish bo‘yicha faoliyatni tashkil etishga ko‘maklashish.
Bizning dastur va loyihalarimiz – yuridik texnikum o‘quvchilarining intellektual salohiyatini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va o‘z iqtidorini namoyon qilishga qaratilgan turli xil tanlovlar, bellashuvlar va sport musobaqalaridan iborat.
Bundan tashqari, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida akademik almashinuvni ta’minlash, ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, innovatsion yangiliklardan xabardor qilish maqsadida TDYUning professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda konferensiya va anjumanlar, seminar-treninglar, davra suhbatlari hamda sayyor sud jarayonlari tashkil etilib, muntazam ravishda o‘tkazib kelmoqda.
Boshqarma quyidagi tarkibiy bo‘linmalardan iborat:
1) O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi;
2) Uslubiy ko‘maklashish va kasbiy tayyorgarlik bo‘limi;
Boshqarma jamoasi tarkibi:
1. Vakant – boshqarma boshlig‘i;
2. Avezov Dilshod Sadulayevich – boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari – o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i;
3. Mamadiyev Abror Abdurahmon o‘g‘li – O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi;
4. Ramazonov Muxammadali Abdirashidovich – O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi uslubchisi;
5. Baxromova Nilufar Xoshimovna – Uslubiy ko‘maklashish va kasbiy tayyorgarlik bo‘limi uslubchisi;
6. Raximova Dilorom Xaitbayevna – Uslubiy ko‘maklashish va kasbiy tayyorgarlik bo‘limi uslubchisi.
Bizning manzil: Toshkent sh., Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, TDYU 2-o‘quv binosi. Murojaat uchun telefon: (71) 233-66-36, (1037, 1148)
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram: https://t.me/Adliya_yuridik_texnikum,
Intagram: https://www.instagram.com/yuridiktexnikum/
Facebook: http://www.fb.com/Yuridiktexnikum