--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Shior

Ijro intizomi va tizimli nazorat — samarali boshqaruv asosi.

Maqsad

Tashkiliy-nazorat va strategik rejalashtirish boshqarmasining asosiy maqsadi universitetda ish yuritish jarayonlarini to‘liq elektronlashtirish, elektron hujjat aylanishi va elektron arxiv tizimlarini samarali yo‘lga qo‘yish, arxiv fondidagi hujjatlarni raqamlashtirish orqali ish samaradorligini oshirish, ijro intizomini ta’minlash hamda nazorat samaradorligini kuchaytirishdan iborat.

Shuningdek, ish yuritish jarayonlari va hujjatlar ijrosini monitoring qilish, ularni tizimli tahlil etish orqali universitetda samarali boshqaruvni ta’minlash boshqarmaning ustuvor maqsadlaridan hisoblanadi.

Vazifalar

Boshqarma o‘z faoliyati doirasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

1.      Universitetda ish yuritish jarayonlarini tashkil etish, elektron hujjat aylanishini yo‘lga qo‘yish, hujjatlarning belgilangan tartibda qabul qilinishi, ro‘yxatdan o‘tkazilishi va ijrosini nazorat qilish.

2.      Ijro intizomiga rioya etilishi ustidan muntazam monitoring olib borish, topshiriqlar ijrosi holatini tahlil qilish, natijalar bo‘yicha universitet rahbariyatiga axborot kiritish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

3.      Universitet Kengashi, rahbariyat va boshqa kollegial organlar qarorlari ijrosini tizimli nazorat qilish hamda ularning bajarilishi yuzasidan yagona monitoring tizimini yuritish.

4.      Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayonini muvofiqlashtirish, murojaatlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda murojaatlar ijrosi holatini tahlil qilish.

5.      Devonxona faoliyatini tashkil etish, hujjatlar bilan ishlashning yagona tartibini joriy etish, hujjatlar harakatini muvofiqlashtirish va ularning belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlash.

6.      Arxiv faoliyatini, shu jumladan elektron arxiv tizimini yuritishni tashkil etish, universitet faoliyatiga oid hujjatlarning tizimli saqlanishi, hisobga olinishi va raqamlashtirilishini, ulardan samarali foydalanilishini hamda belgilangan tartibda arxivga topshirilishini ta’minlash.

7.      Strategik rejalashtirish yo‘nalishida universitetni rivojlantirish dasturlari, «yo‘l xaritalari» va maqsadli ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish, ularning ijrosini monitoring qilish hamda amalga oshirilish holati yuzasidan tahliliy ma’lumotlar tayyorlash.

Loyihalar

Hozirgi vaqtda Tashkiliy-nazorat va strategik rejalashtirish boshqarmasi tomonidan doc.tsul.uz va archive.tsul.uz loyihalarini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

1. Elektron hujjat aylanishi tizimi — doc.tsul.uz

Mazkur loyiha doirasida universitet rektorining buyruqlari yilma-yil elektron shaklda tizimga kiritib borilmoqda.

Tizim buyruqlarning takrorlanishining oldini olish, ularga o‘zgartirishlar kiritish jarayonini soddalashtirish, o‘z kuchini yo‘qotgan buyruqlar hisobini yuritish hamda zarur hujjatlarni tezkor izlab topish imkonini beradi.

2. Elektron arxiv tizimi — archive.tsul.uz

Mazkur loyiha universitetda elektron arxiv tizimini to‘liq joriy etish va arxiv fondida saqlanayotgan hujjatlarni bosqichma-bosqich raqamlashtirishga qaratilgan.

Ayni paytda arxiv fondida 1991-yildan buyon saqlanayotgan hujjatlarni elektron tizimga kiritish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Qabul bo'yicha murojaat boti