Til
Tajriba
Qo`shimcha ma`lumotlar
2008 yilda Rossiya Federatsiyasi IIV Moskva universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2008 yildan Toshkent shahar Mirobod tumani IIB Tergov bo'limi iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar, ya'ni bosqinchilik, o'zgalar mulkini talon-taroj qilish, tovlamachilik bilan bog'liq jinoyatlarni
tergov qilish bo'yicha bo'linma tergovchisi lavozimida xizmat faoliyatini boshlagan.
2010-2015 yillar davomida toshkent viloyati Ichki ishlar Boshqarmasi Tergov boshqarmasining uyushgan guruhlar tomonidan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, saqlash, tarqatish va sotish bilan bog'liq jinoyatlarni tergov qilish bo'lim tergovchisi va katta tergovchisi lavozimlarida xizmat qilgan.
Shuningdek, 2015-2016 yillar davomida Toshkent viloyati Zangiota tumani IIB Tergov bo'limi boshlig'ining o'rinbosari lavozimida xizmat faoliyat yuritgan.
2017 yildan buyon bo'lajak huquqshunos kadrlarni yetkazish maqsadida Toshkent davlat yuridik universitetining Magistratura bo'limi boshlig'i lavozimida ish faoliyati olib borib, hozirgi kunda “Jinoyat huquqi va kriminologiya” kafedrasi o'qituvchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda.