“Kriminologiya va jinoiy odil sudlov” ilmiy-amaliy, tahliliy jurnali
“Kriminologiya va jinoiy odil sudlov” ilmiy-amaliy, tahliliy jurnali. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risida № 1160 guvohnoma berilgan.
Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi bilan hamkorlikda chop etiladi.
Jurnalga mualliflar tomonidan o‘zbek, rus va ingliz tilida tayyorlangan maqolalar qabul qilinadi.
Jurnal davriyligi – 3 oyda bir marta, yiliga 4 ta son.
Jurnalning asosiy maqsadi – huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va ularni profilaktika qilish sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari, yuridik fanlarga oid nazariy va amaliy masalalarni yoritish, munozarali masalalarni muhokama qilish uchun professional maydon yaratish.