“Юридик фанлар ахборотномаси – Вестник юридических наук – Review of Law Sciences” huquqiy, ilmiy-amaliy jurnali
“Юридик фанлар ахборотномаси – Вестник юридических наук – Review of Law Sciences” ilmiy-amaliy jurnaliga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risida № 0931 guvohnoma berilgan.
Jurnal 2017-yildan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oliy attestatsiya komissiyasi jurnallari ro‘yxatiga kiritilgan.
Jurnalga mualliflar tomonidan o‘zbek, rus va ingliz tilida tayyorlangan maqolalar qabul qilinadi.
Jurnal davriyligi – 3 oyda bir marta, yiliga 4 ta son. Zaruratga ko‘ra jurnalning maxsus sonlari ham nashr etilishi mumkin.
Jurnalning asosiy maqsadi – yurisprudensiya sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini yoritish, yuridik fan va amaliyotining munozarali masalalarini muhokama etish uchun professional maydon yaratish.
Jurnal РИНЦ (еlibrary.ru) hamda КиберЛенинка (cyberleninka.ru) ma’lumotlar bazalariga joylashtirilgan bo‘lib, jurnalning har bir soni va har bir maqola uchun alohida DOI raqamlar olinadi va jurnalda nashr etilgan maqolalar Digital Commons Uzbekistan milliy platformasining Uzbekistan Research online 2030 (uzjournals.edu.uz) saytiga to‘liq kiritiladi.