Til
Tajriba
Qo`shimcha ma`lumotlar
Gafurova Nozimaxon Eldarovna: kafedra mudiri, dotsent, yuridik fanlar boʼyicha falsafa doktori (PhD).
2000 yildan 2006 yilgacha Inson huquqlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi milliy markazi “Аxborot-huquq” boʼlimi katta inspektori, yetakchi mutaxassisi sifatida ish olib bordi.
Gafurova Nozimaxon Eldarovna ish faoliyatini Toshkent davlat yuridik universitetida katta oʼqituvchi sifatida 2006 yildan Xalqaro va qiyosiy huquq kafedrasida boshladi. 2013 yildan 2018 yilgacha Toshkent davlat yuridik universitetining Xalqaro ommaviy huquq kafedrasi katta oʼqituvchisi dotsenti vazifasida, 2018 yildan 2020 yilgacha Toshkent davlat yuridik universitetining Xalqaro ommaviy huquq kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi, 2020 yildan hoziogi vaqtga qadar Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi mudiri boʼlib ishlamoqda.
Gafurova Nozimaxon Eldarovna 100 dan ortiq ilmiy maqolalarni oʼzbek, rus va ingliz tillarida chop etgan.
U koʼplab darsliklar muallifi (hammualiflikda): "Xalqaro huquq" (2018), " Xalqaro ommaviy huquq" (2020), "Tibbiyot xuquqi" (2017), Xalqaro iqtisodiy huquq (2019), "Intellektual mulk huquqi" (2020), "Inson huquqlari" (2014), "Xalqaro tashkilotlar huquqi" (2021), hamda bir qator oʼquv qoʼllanmalar ham muallifi: "Xalqaro tashkilotlar huquqi" (2013), "Xalqaro tashkilotlar huquqi" (2019).
Shuningdek, Gafurova Nozimaxon Eldarovna, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-avgustdagi “Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlash toʼgʼrisida”gi Farmoni asosida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʼshayotgan, xalqimiz farovonligini taʼminlash, yosh avlodni sogʼlom va barkamol etib tarbiyalashda alohida fidoyilik koʼrsatayotgan deb topilib mukofotlandi.