Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul komissiyasi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universitetining Huquqiy tashabbuslar va innovatsiyalar markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5987-son va 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–5847-son Farmonlari, 2018-yil 7-maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–3698-son qarori hamda Universitet Kengashining 2020-yil 21-maydagi 4-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Markazga universitet rektori tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan Markaz direktori rahbarlik qiladi. 

Markaz tarkibida Huquqiy tashabbuslar bo‘limi, Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi hamda Legal Tech laboratoriyasi mavjud bo‘lib, ularning faoliyati Universitet innovatsion jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Huquqiy tashabbuslar bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, yuridik amaliyot vakillari, tabdirkorlik subyektlari va olimlar bilan hamkorlikda qonunchilikda mavjud muammolarni aniqlash, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha dolzarb yo‘nalish va vazifalarni belgilash hamda tegishli yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish; 

universitetda ishlab chiqilayotgan ilmiy-innovatsion ishlar rejalarini qonunchilikda mavjud muammolarni, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha dolzarb yo‘nalish va vazifalarni inobatga olgan holda kelishish hamda ularga takliflarni kiritish; 

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan kelib tushgan topshiriqlarni universitet fakultetlari, kafedralari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari tomonidan ijro etilishini ta'minlash hamda bu bo‘yicha topshiriqlar berish; 

qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqishda universitet fakultetlari, kafedralari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish.