Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida quyidagi grant loyihalari amalga oshirilmoqda:

1. Mavzu: “Yuridik terminlar elektron tezaurusi va innovatsion multimedia platformasini yaratish”

Loyiha miqdori – 985 mln soʻm.

Mazkur loyiha qonunchilikda va huquqni qoʻllash amaliyotida foydalanib kelinayotgan yuridik terminlar onlayn bazasini yaratishni maqsad qilgan. Bunda, oddiy izohli lugʻatlardan farqli oʻlaroq, Oʻzbekistonda ilk bor yuridik terminlarning semantik tavsifi (sinonim, antonim, paronim va h.k.) ishlab chiqiladi.


2. Mavzu: “Qishloq xoʻjaligi klasterlari uchun elektron tijorat mexanizmlari asosida tovar (ish, xizmat)larning onlayn savdosiga oid raqamli platforma va uning mobil ilovasini yaratish”

Loyiha miqdori – 801 mln soʻm.

Mazkur loyiha natijasida tadbirkorlik subyektlarining huquqlari kafolatlari mustahkamlanadi hamda klasterlik faoliyatining huquqiy asoslari takomillashtiriladi.