Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul komissiyasi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universiteti (bundan buyon matnda universitet deb yuritiladi) kengashi universitetning doimiy ravishda faoliyat yurituvchi oliy organi hisoblanadi.

Kengash Universitetning kollegial organi hisoblanib, Universitetning tashkiliy-boshqaruv, o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-innovatsion, ma’naviy-ma’rifiy va moliya-xo‘jalik faoliyatining asosiy masalalari bo‘yicha kollegial qarorlar qabul qiladi.

Kengash tarkibi rektor tomonidan tasdiqlanadi. Kengash to‘g‘risidanizom va uning reglamenti Kengash tomonidan tasdiqlanadi.

Kengash tarkibiga prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, ayrim tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari, yetakchi professor-o‘qituvchilar va boshqa xodimlar kiradi. Kengash tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik, tashkilot va idoralarning vakillari kiritilishi mumkin.

Kengashning asosiy vakolatlariga quyidagilar kiradi:

Universitet va Kengashning ish rejasini tasdiqlash;

bakalavriat va magistraturaga qabul qilishda test sinovlari fanlari majmuasini, shuningdek, o‘qish muddatlari va talabalar tomonidan o‘quv mashg‘ulotlariga qatnash tartibini belgilash;

Universitet qabul komissiyasi faoliyati hisobotlarini tasdiqlash;

bitiruvchilarga nisbatan malaka talablari, o‘quv reja va o‘quv dasturalarini tasdiqlash;

Universitetda yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish shaklini belgilash;

o‘qish uchun to‘lov miqdorini o‘rnatgan holda Universitet bakalavriat va magistraturasiga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul parametrlarini belgilash;

magistrlik dissertatsiyasi va bitiruv malakaviy ishi mavzulari hamda davlat attestatsiya komissiyasi hisobotlarini tasdiqlash;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga va nomli davlat stipendiyalariga nomzod talabalarni tavsiya etish va boshqa vakolatlar. 

Toshkent davlat yuridik universiteti kengashining reglamentiyuklab olish