Language
Experience
Additional info
• Lavozimi: Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi o‘qituvchisi
• Tug‘ilgan sanasi: 23.04.1995 y.
• Xorijiy tillarni bilishi: O‘zbek va ingliz tillarida dars mashg‘ulotlarini olib boradi.
Ish tajribasi
2019-2020-yillarda Transport prokuraturasi organlari tizimida faoliyat olib borgan.
2021-yil fevral oyidan TDYU Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi o‘qituvchisi
Ilmiy faoliyati yo‘nalishi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida “O‘zbekiston Respublikasida voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligi: milliy tajriba va xalqaro standartlar” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borib, magistrlik darajasini egallagan.
Bugungi kunda Toshkent davlat yuridik universiteti 12.00.02 – «Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi» ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasida voyaga yetmaganlarning huquqlarini davlat tomonidan muhofaza qilishning konstitutsiyaviy huquqiy asoslari” nomli yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil tadqiqot olib bormoqda.
O‘quv faoliyati
Konstitutsiyaviy huquq, Qiyosiy konstitutsiyaviy huquq, Konstitutsiyaviy odil sudlov, Parlament huquqi, Saylov huquqi, Mahalliy davlat hokimiyati huquqi modullaridan dars mashg‘ulotlari olib boradi.
Nashr qilingan asosiy ishlari:
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qonunchiligida voyaga yetmaganlarning javobgarligi. FarDU ilmiy xabarlari ilmiy jurnali. 2020 y. 1-son.
Voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligiga oid normalarni liberallashtirish masalalari. TDYUU, Ilmiy maqolalar to‘plami. 2020 y
Criminal liability of minors in some developed countries and implementation of advanced experience in this field to national legislation. TSUL Legal Report International electronic scientific journal. – 2021. – T. 2. – №. 1.
Elektron bazalardagi ma’lumotlar
google scholar: https://scholar.google.ru/citations?view_op=list_works&hl=ru&hl=ru&user=siFGrzAAAAAJ
webscience: https://scienceweb.uz/my