Toshkent davlat yuridik universiteti dunyo reytinglarida

“Twitter”dagi Oliy ta`lim muassasalari


Ushbu uniRank sahifasi oliy ta`lim muassasalari Twitter ijtimoiy tarmog`ida ro`yxatdan o`tganligi to'g'risida ba'zi ma'lumotlarni taqdim etadi va “Twitter”da rasmiy ishtiroki bilan OTMlarning eng to'liq ro'yxatini yuritadi. Ro'yxat mamlakat
nomi bo'yicha alifbo tartibida joylashtirilib obunachilarning umumiy soni bo'yicha tartibga solinadi. “Twitter” reytingi yiliga ikki marta hisoblanadi va nashr etiladi va joriy nashr 2020 yil sentyabr oyida chiqarilgan ma'lumotlarga asoslangan.

Hozirgi kunda uniRank ma'lumotlar bazasiga kiritilgan jami 13813 ta oliy o'quv yurtlarining 8012 tasi “Twitter”da rasmiy sahifaga ega.

“Twitter”dagi eng yaxshi O'zbekiston Oliy ta`lim muassasalari

Ushbu reytingda Toshkent davlat yuridik universiteti milliy universitetlar orasida ham, O'zbekistondagi barcha OTMlar orasida ham 1-o'rinni egallagan.

“Instagram”dagi Oliy ta`lim muassasalari

O`zbekistondagi barcha OTMlarining “Instagram” reytingi quyidagi UniRank reyting mezonlari orqali aniqlanadi::

• mutasaddi tomonidan litsenziyalanganlik va/yoki akkreditatsiyadan o'tkazilganlik;

• kamida to'rt yillik bakalavriat yoki magistratura va undan keyingi darajalar (doktorlik darajalari)ning mavjudligi;

• kurslarni asosan an'anaviy, yuzma-yuz, masofaviy bo'lmagan ta'lim shaklida olib boorish

Ushbu reytingda Toshkent davlat yuridik universiteti O'zbekistonning barcha OTMlari orasida 3-o'rinni va milliy OTMlar orasida 1-o'rinni egallagan.

“Facebook”dagi eng yaxshi O`zbekiston Oliy ta`lim muassasalari

 

Ushbu UniRank sahifasi “Facebook” ijtimoiy tarmog`ida ro`yxatdan o`tgan oliy ta`lim muassasalari to'g'risida ba'zi ma'lumotlarni taqdim etadi va “Facebook”da rasmiy sahfasiga ega bo`lgan universitetlar va boshqa OTMlarining to'liq ro'yxati yuritiladi. Ro'yxat mamlakat nomi bo'yicha alifbo tartibida joylashtirilgan va bu “like”lar umumiy soni bo'yicha hisoblanadi. Facebook ma'lumotlari/reytingsi yiliga ikki marta, tegshincha fevral va avgust oylarida chiqarilib nashr etiladi va joriy nashr 2020 yil avgust oyida chiqarilgan ma'lumotlarga asoslangan.

Ayni paytda uniRank ma'lumotlar bazasiga kiritilgan dunyodagi jami 13813 ta oliy o'quv yurtlaridan 10,121 tasi (ro`yxatga olingan barcha OTMlarning 73,27%i) Facebookda rasmiy institutsional sahifaga ega

 uniRankning “Facebook” ijtimoiy tarmog`i bo`yicha OTMlar nufuzi va ro`yxatga olinish omillari

OTMning “Facebook”dagi sahifasi turli xil quyidagi omillarga bog'liq bo`lgan qabul qilish, nufuz va qabul qilinishning turli xil darajalariga erishadi:

Mikro omillar

  • Universitetning repetatsiyasi va hajmi;
  • Universitetning umumiy onlayn darajasi, veb-ommabopligi va masofaviy ta'limni qabul qilish darajasi;
  • Universitetning “Facebook”ni qabul qilish darajasi va o`zining rasmiy veb-saytiga qo'shimcha kanal sifatida foydalanish darajasi.

Macro omillar

  • mamlakat oliy ta'limining qamrovi
  • mamlakatning Internetdan foydalanish darajasi va ulanish tezligi
  • mamlakatning “Facebook”ni ijtimoiy tarmoq platformasi sifatida qabul qilish va undan foydalanish darajasi

“UniRank Facebook University Ranking” reytingining maqsadi oliy ta'lim muassasalari yoki ularning dasturlari ta'lim sifati yoki ko'rsatiladigan akademik xizmatlar darajasiga soslanmagan holda har bir universitetning “Facebook” ijtimoiy tarmoq platformasidagi ommalashuvining taxminiy indeksini umumiy “layk”lar (muxlislar) soniga asoslangan holda taqdim etish.

Ba'zi yirik universitetlarda, har bir fakultet va/yoki har bir ma'muriy yo'nalish (masalan, qabul, marketing va kommunikatsiyalar, bitiruvchilar va boshqalar) bilan bog'liq bo'lgan bir nechta “Facebook” sahifalari qabul qilingan. uniRank har bir mamlakat uchun va “Facebook” ro'yxatlaridagi eng yaxshi 200 universitetlarini tanlashi va “uniRank “Facebook” University Ranking™”ni nashr etish uchun har bir universitet uchun eng umumiy institutsional “Facebook” sahifasi tanladi.

Ayni kunlarda ushbu reytingda Toshkent davlat yuridik universiteti O'zbekistondagi barcha OTMlar orasida 6-o'rinni va milliy OTMlari orasida esa 3-o'rinni egallab turibdi.

“YouTube”dagi Oliy ta`lim muassasalari

Ushbu UniRank sahifasi “YouTube” ijtimoiy tarmog`ida ro`yxatdan o`tgan oliy ta`lim muassasalari to'g'risida ba'zi ma'lumotlarni taqdim etadi va “YouTube”da rasmiy sahfasiga ega bo`lgan universitetlar va boshqa OTMlarining to'liq ro'yxatini yuritadi. Reyting mamlakat nomi bo'yicha alifbo tartibida joylashtirilib, so`ng obunachilar umumiy soni bo'yicha hisoblanadi. “YouTube” ma'lumotlari/reytingi yiliga ikki marta hisoblanadi va nashr etiladi hamda hozirgi birinchi nashr 2020 yil may oyida chiqarilgan ma'lumotlarga asoslangan.

Hozirgi kunda uniRank ma'lumotlar bazasiga kiritilgan jami 13 723 ta OTMlarining 8,381 tasida “YouTube” ijtimoiy tarmog`ida rasmiy sahifasi mavjud.

“YouTube” rasmiy sahifasidan foydalanadigan universitetlarning taxminiy soni institutsional "YouTube” sahifalarini ikki yo'l bilan aniqlash orqali hisoblab chiqiladi:

  • Universitetlardan tomonidan to'g'ridan-to'g'ri taqdim etish
  • “YouTube” kanallarida ommaviy ravishda e'lon qilingan xabarlar havolalaridan universitet “YouTube” sahifalarini qidirish

YouTube Universiterlar Reytingi, May 2020

 “YouTube”dagi O'zbekistonning barcha oliy o'quv yurtlari 2020 YouTube University Ranking (May 2020) bo`yicha quyidagi UniRank tanlov mezonlariga asosan tuzilgan:

  • mutasaddi tomonidan litsenziyalanganlik va/yoki akkreditatsiyadan o'tkazilganlik;
  • kamida to'rt yillik bakalavriat yoki magistratura va undan keyingi darajalar (doktorlik darajalari)ning mavjudligi;;
  • darslarning asosan masofaviy bo'lmagan - an'anaviy, yuzma-yuz ta'lim shaklida olib borish.

2020 YouTube University Ranking (May 2020) reytingida Toshkent davlat yuridik universiteti O`zbekistondagi barcha oliy ta`lim muassasalari ichida 13-o`rinni va milliy oliy ta`lim muassasalari ichida esa 10-o`rinni egallagan.