Dunyo universitetlari reytinglariga oid ma’lumotlar

Dunyo universitetlari reytinglariga oid ma’lumotlar

Toshkent davlat yuridik universitetida Dunyo universitetlari reytingiga kirish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  1. Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2019 yil
    23 oktabrdagi “Universitetni xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1000 ta o‘rnidagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha Ishchi guruh shtabini tuzish to‘g‘risida”gi
    08-587-son buyrug‘iga asosan Ishchi guruh shtabi tashkil etildi.
  2. Ishchi guruh shtabi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida  Yo‘l xaritasi ishlab chiqildi va belgilangan tartibda tasdiqlandi.
  3. Tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan QS xalqaro reyting tashkiloti bilan tegishli muzokaralar olib borilib,  tashkilot veb-saytida Toshkent davlat yuridik universitetining maxsus profili ochildi hamda tegishli login va parollar olindi. Bugungi kunda ushbu profilda universitet to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar, bakalavriyat, magistratura, ilmiy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlar to‘liq kiritildi.
  4. QS reytingining birinchi 500 talikka kiruvchi Qozog‘istonning Auezov universiteti hamda M.S.Narikbaeva nomidagi Qozog‘iston davlat yuridik universiteti bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlar imzolandi. Bugungi kunda Qozog‘istonning M.Auezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston davlat universiteti bilan tuzilgan memorandum doirasida Toshkent davlat yuridik universitetida Auezov universitetining 3 nafar ilmiy-pedagog xodimi mustaqil izlanuvchi sifatida ta’lim olmoqda.
  5. Universitetning veb-sahifasining xalqaro “Webometrics” talablariga javob berishini ta’minlash bo‘yicha universitetning har bir professor-o‘qituvchilarga Google scholar bazasida profillar ochilib, ularning ilmiy ishlanmalari joylashtirildi. Shuningdek ORCID bazasidan har bir professor-o‘qituvchi uchun maxsus raqam olinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bundan tashqari, mazkur yo‘nalish bo‘yicha hamkor tashkilotlar bilan “Elektron universitet” loyihasi doirasida universitetning veb-saytiga doir tegishli boshqa texnik ishlar olib borilishiga kelishib olindi.
  6. Universitet professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari o‘rtasida Scopus va Science Direct xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga kirish, undan doimiy foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish va maqolalar tayyorlab chop etishga doir bir qator seminar-treninglar tashkil etildi.  Xususan, 2019 yilning iyun-avgust oylarida tasdiqlangan grafik asosida kafedralar kesimida 15 ta seminar-trening tashkil etildi. Ushbu tashkil etilgan seminar-trening natijasida har bir kafedraning professor-o‘qituvchilariga Scopus va Science Direct tizimida ro‘yxatdan o‘tganligi va yuridik sohaga oid maqolalarni qidirib topish hamda Citable documents H-index to‘g‘risida ma’lumotlar tushuntirildi.

Bundan tashqari, joriy yilning 9-11 oktabr kunlari universitetida pedagog-xodimlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar o‘rtasida Scopus va Science Direct xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga kirish, undan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda maqolalar tayyorlab chop etish to‘g‘risida tasdiqlangan grafik asosida seminar-treninglar o‘tkazildi. Seminar natijalariga ko‘ra universitetning har bir professor-o‘qituvchilariga Elsevier kompaniyasining Scopus, ScienceDirect va Mendeley ilmiy-texnik bazalarida profillari ochildi va mavjudlaridan qayta foydalanish tartiblari tushuntirildi.

2019 yilning 7 oktabr kuni ushbu sohadagi vazifalarni yanada aniq belgilab olish maqsadida, Scopus va ScienceDirect xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga kirish, undan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda maqolalar tayyorlab chop etish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqilib tasdiqlandi. Qisqa muddatlarda amalga oshirilgan zarur choralar natijasida 2019 yilning sentabr-dekabr oylari mobaynida 30 dan ortiq professor-o‘qituvchilar tomonidan Scopus va Web of science xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan jurnallarda 23 ta yaqin maqola e’lon qilindi. Treninglar natijasiga ko‘ra universitetning har bir professor-o‘qituvchilariga Elsevier kompaniyasining Scopus/ScienceDirect va Mendeley ilmiy-texnik bazalarida profillari ochildi va mavjudlaridan qayta foydalanish tartiblari tushuntirildi. Shuningdek Scopus/ScienceDirect ma’lumotlar bazasida universitetning maxsus profili ochildi. Bugungi kunga kelib universitet professor-o‘qituvchilarining 15 ta maqolalari indeksatsiyadan o‘tgan bo‘lib, universitet maxsus profiliga joylashtirilgan. Eng muhimi, ilk marotaba Google Scholar, Scopus va Web of science xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida universitet professor-o‘qituvchisiga 26 ta iqtibos berish ko‘rsatkichini olishga erishildi.  

  1.  “E-line Press” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan tuzilgan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum doirasida joriy yilning 15 noyabr kunida xizmat ko‘rsatish shartnomasi tuzilib, ushbu shartnoma asosida universitetning “Yuridik fanlar axborotnomasi” – Vestnik yuridicheskix nauk – Review of Law Sciences” jurnali RINS (yelibrary.ru) hamda Kiberleninka (cyberleninka.ru) ma’lumotlar bazalariga joylashtirilmoqda. Shuningdek mazkur jurnalning har bir soni va har bir maqola uchun alohida DOI raqamlar ham olinmoqda.
  2. Universitetning xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar hisoblangan QS (Quacquarelli Symonds World University Rankings), THE (Times Nigher Education) veb-sahifalarida profillari ochilib, unga tegishli login va parollar olindi. Bugungi kunda ushbu profillarga universitetning o‘quv va ilmiy sohadagi faoliyati hamda ko‘rsatikichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlari joylashtirildi.
  3. Universitet professor-o‘qituvchilarining xalqaro doirada raqobatbardoshligini oshirish, ularning h-indexga ega bo‘lishlari hamda e’lon qilingan ilmiy ishlanmalariga iqtiboslar keltirishni ta’minlash maqsadida 2019 yil 22 oktabrda universitet rektorining topshiriq xatiga asosan, universitetning har bir professor-o‘qituvchilarining Google Scholar platformasidagi akkaunti universitetning tsul.uz domenidagi korpotativ elektron pochtalari bilan tasdiqlab chiqildi.
  4. Axborot resurs markazi faoliyatiga “E-minbar” texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha bugungi kunda boshqa OTMlar tajribasi o‘rganilmoqda.
  5. TSUL Legal Report – yosh olimlarning chet tillardagi jurnalini ta’sis etishga doir birinchi bosqich chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Keyingi bosqichlarda ushbu jurnalni RINS hamda Cyberleninka ma’lumotlar bazalariga joylashtirish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
  6.  Scopus ilmiy-texnik ma’umotlar bazasida professor-o‘qituvchilarning faolligini nazorat qilish maыsadida Elsevier kompaniyasining AdminTool dasturidan universitetda foydalanish uchun ruxsat olindi.
  7. 2019-2020 o‘quv yilining sentabr-oktabr oylari mobaynida  Toshkent davlat yuridik universitetining “Yuridik fanlar axborotnomasi” – Vestnik yuridicheskix nauk – Review of Law Sciences” jurnalini Digital Commons Uzbekistan (Uz Scopus journals platform) milliy ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga kiritish bo‘yicha turli kafedralardan jami 14 kishidan iborat ishchi guruh tuzildi. Ishchi guruh a’zolari tomonidan jurnalning oxirgi 3 yil davomida chop etilgan sonlaridagi har bir maqolani alohida pdf shaklga o‘tkazish hamda meta-ma’lumotni shakllantirish bo‘yicha ishlar taqsimoti belgilandi. Natijada “Yuridik fanlar axborotnomasi” – Vestnik yuridicheskix nauk – Review of Law Sciences” ilmiy jurnalning uch yillik 8 ta sonidagi jami 210 dan ortiq maqolalari Digital Commons Uzbekistan milliy platformaning Uzbekistan Research online 2030 (uzjournals.edu.uz) saytiga to‘liq kiritilgan.
  8. 2020 yil 17 yanvar kuni Toshkent davlat yuridik universitetida

QS World University Rankings tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi mintaqaviy direktori Zoya Zayseva ishtirokida “QS reytingida ishtirok etish shartlari va tartiblari” mavzusida vebinar-trening o‘tkazildi. Mazkur vebinar-trening O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Sudyalar oliy maktabi mas’ul xodimlari hamda Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

  1. 15.   TDYuU Ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i J.Abdurahmonxo‘jaev 2020 yil
    17 yanvar kuni “QS reytingida ishtirok etish shartlari va tartiblari” mavzusida O‘zbekiston 24 radiosiga intervyu berdi.
  2. 16.    2020 yil 17 yanvar kuni Toshkent davlat yuridik universitetida o‘tkazilgan QS World University Rankings tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi mintaqaviy direktori Zoya Zayseva ishtirokida “QS reytingida ishtirok etish shartlari va tartiblari” mavzusidagi vebinar-trening O‘zbekiston milliy axborot agentligining yangiliklar sahifasida yoritildi.
  3. Toshkent davlat yuridik universitetining 2020 yil 10 yanvardagi 09/470-24-son xati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–5847-son Farmoni hamda 2019 yil 28 oktabrdagi “Yuridik oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-tadqiqot institutlari, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan aloqalarni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilarning “Xirsh” indeksi olishga ko‘maklashish,  Google scholar, Scopus, Web of science xalqaro ilmiy texnik ma’lumotlar bazasida maqolalar e’lon qilish va iqtiboslar berish ko‘rsatkichlarini oshirishda o‘z tajribalaridan kelib chiqqan holda hamkorlik qilish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Sudyalar oliy kengashiga  o‘zaro hamkorlik qilish va amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan xatlar yuborildi.
  4. Universitetda 2020 yil 13-14 fevral kunlar 45 yoshdan oshgan professor-o‘qituvchilar uchun Scopus, ScienceDirect xalqaro ilmiy texnik ma’lumotlar bazasida maqolalar tayyorlab chop etish ko‘nikmasini oshirish bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminar-treningda 30 dan ortiq 45 yoshdan oshgan professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
  5. Universitet tomonidan Elsevier kompaniya bilan o‘tkazilgan o‘zaro muloqot natijasida professor-o‘qituvchilarning Scopus va ScienceDirect xalqaro ilmiy-texnik bazalaridan foydalanish ko‘rsatkichlarini monitoring qilib borishga qaratilgan Admin tool dasturidan foydalanish bo‘yicha maxsus login olindi.