Umarov Dilshodjon Ma’ruvofich

Umarov Dilshodjon Ma’ruvofich

Toshkent davlat yuridik universitetining Xalqaro hamkorlik va uzluksiz ta’lim bo‘yicha prorektori

Umarov Dilshodjon Ma’ruvofich 2004 yilda O‘zbekiston Milliy universitetini, 2006 yilda esa Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, yuridik fanlari nomzodi.

Dastlabki mehnat faoliyatini 2006 yilda Toshkent davlat yuridik institutining “Ekologiya va qishloq xo‘jaligi huquqi” kafedrasida boshlagan.

2013 yildan 2015 yilgacha “Ekologiya va agrar huquqi” kafedrasining mudiri lavozimida, 2015 yildan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetining “Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori” lavozimida faoliyat yuritgan.

100 dan ortiq maqola, 10 ta o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, darsliklar, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish, xalqaro ekologik huquq va qonunchilikning nazariy va amaliy masalalarini, shu bilan birga huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganishga qaratilgan monografiyalarning muallifidir.

2020 yilning 15 iyunidan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetining “Xalqaro hamkorlik va uzluksiz ta’lim bo‘yicha prorektori” lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.