Salaev Nodirbek Saparbayevich

Salaev Nodirbek Saparbayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori

Salaev Nodirbek Saparbayevich 1983-yil 28-aprelda Beruniy tumanida tug‘ilgan. Ma‘lumoti oliy, yuridik fanlar doktori, professor.

2009-yilda Toshkent davlat yuridik institutining magistratura bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini u 2006-yilda o‘rta ta‘lim maktabi o‘qituvchisi sifatida boshlagan, keyinchalik advokat yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan.

2009–2013-yillarda Toshkent davlat yuridik institutida “Jinoyat huquqi va kriminologiya” kafedrasining o‘qituvchisi va katta o’qituvchisi bo‘lib ishlagan.

2014–2017-yillarda Toshkent davlat yuridik universitetining “Jinoyat huquqi va kriminologiya” kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi sifatida ishlagan.

2017-yil mart–may oylarida Toshkent davlat yuridik universiteti Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar kafedrasi mudiri, shu yilning may-sentabr oylarida TDYU Huquqiy tadqiqotlar markazi rahbari lavozimlarida ishlagan.

N.Salaev 2017 yil sentabrdan 2018-yil aprel oyiga qadar Toshkent davlat yuridik universiteti Ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlagan.

Shuningdek, N.Salaev jamoatchilik asosida Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi DSc.27.06.2017.Yu.22.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash huzuridagi ilmiy seminar raisi hamda ilmiy kengash rais oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritmoqda.

U Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va Jinoyat-ijroiya kodeksi loyihalarini tayyorlash boʻyicha Hukumat ishchi guruhining aʻzosi.

N.Salaev “International Penitentiary Journal” (ISSN 2712-7729 (bosma) 2712-7737 (elektron) DOI https://doi.org/10.33463/2712-7737) jurnali tahrir hay’ati a’zosi.

N.Salaev tomonidan chop etilgan monografiya 2015-yilda TDYUda o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi monografiyasi” ko’rik tanlovida g’olib deb topilgan. Shuningdek, “Oliy ta‘lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi Respublika bosqichining huquq ta’lim sohasi bo’yicha 2017-yil uchun “Mutaxassislik bo‘yicha eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi g’olibi hisoblanadi.

U Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha idorasining “Adolat uchun ta’lim” (E4J) tashabbusi doirasida kiberjinoyatchilikning oldini olish va boshqa masalalar boʻyicha mutaxassisi.

U “Penitentiary System of Uzbekistan: the Idea of Liberalization” monografiyasining muallifi boʻlib, ushbu monografiya 2020 yilda Markaziy Osiyoda ushbu mavzu boʻyicha ingliz tilida nashr etilgan yagona ilmiy ish hisoblanadi.

N.Salaev AQSh Xalqaro yutuqlarni tadqiq qilish markazi (IARC) tomonidan oʻtkazilgan “Ijtimoiy fanlar / huquq” yoʻnalishi boʻyicha “Yil olimi – 2020” xalqaro tanlovida g’olib boʻldi.

N.Salaev 100 dan ortiq ilmiy va oʻquv adabiyotlarining muallifi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 07.04.2018-yildagi №224-sht-son buyrug‘iga binoan Toshkent davlat yuridik universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlangan.

Fuqarolarni chorshanba kuni: soat 15.00dan 18.00gacha qabul qiladi.

Telefon: 71-233-45-69

e-mail: