Rustambekov Islambek Rustambekovich

Rustambekov Islambek Rustambekovich

Toshkent davlat yuridik universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori

Rustambekov Islambek Rustambekovich 1985-yil 15-dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma‘lumoti oliy, yuridik fanlar doktori, dotsent.

2009-yilda Toshkent davlat yuridik institutining magistratura bosqichini tamomlagan va shu yildan universitet aspiranti b‘lgan.

Mehnat faoliyatini u 2010-yilda Toshkent davlat yuridik institutining Xalqaro xususiy huquq kafedrasida o‘qituvchilikdan, keyinchalik katta o’qituvchi sifatida faoliyat yuritgan.

2013–2017-yillarda Toshkent davlat yuridik universitetida “Xalqaro tijorat huquqi” va “Biznes huquqi” kafedralarida kafedra mudiri bo‘lib ishlagan. 2015 yilda dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan.

2017–2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Fuqarolik jamiyati institutlari boshqaruvi kafedrasi mudiri sifatida ishlagan.

2018-2019 – yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig’i lavozimida faoliyat olib borib O’zbekiston Respublikasi nomidan halqaro arbitrajlarda ishtirok etib davlat manfaatlarini himoya qilgan.

2018 yilda respublika yosh olimlar tanlovida ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘ringa sazovor b‘lgan. Uning ilmiy rahbarligida ikki nafar Prezident stipendiyasi, 1 nafar Navoiy nomidagi davlat stipendianti va 1 nafar PhD sohiblari tayorlangan.

I.Rustambekov o’zining ilmiy-pedagogik faoliyati davomida Germaniya, Fransiya, Singapur, Rossiya va AQSH oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tajriba almashgan, hususan 2017 yilda Germaniyaning Maks Plank nomidagi Qiyosiy va xalqaro xususiy huquq instituti granti asosida ilmiy tadqiqot olib borgan, 2018 yilda Singapur xalqaro nizolarni hal qilish akademiyasida malaka oshirgan. 2018-2019 yillarda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro savdo huquqi b’yicha komissiyasining Uchinchi ishchi guruhida O’zbekiston nomidan ishtirok etgan va mamalakatimiz manfaatlarini bayon qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 19.09.2019-yildagi №224-sht-son buyrug‘iga binoan Toshkent davlat yuridik universitetining o’quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlangan.

Fuqarolarni seshanba kuni: soat 15.00dan 17.00gacha qabul qiladi.