Pulatov Umid Sadikovich

Pulatov Umid Sadikovich

Toshkent davlat yuridik universiteti moliya-iqtisod masalalari bo‘yicha prorektori

 Pulatov Umid Sadikovich – 1976 yil 1 aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, matematik, iqtisodchi.

1999 yil Toshkent davlat universitetini, 2003 yil Toshkent moliya institutini tugatgan.

Mehnat faoliyatini 1992 yilda Toshkent shahri “Ma’orifchi” xususiy firmasi hisobchisi vazifasidan boshlagan.

  • 1996-1996 yillarda Chilonzor tumani moliya bo‘limi iqtisodchisi.
  • 1996-2003 yillarda O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligining Toshkent shahri bo‘yicha Nazorat-taftish boshqarmasi 1-toifali nazoratchi-taftishchisi.
  • 2003-2007 yillarda Toshkent shahar Nazorat-taftish boshqarmasi bosh nazoratchi-taftishchisi.
  • 2007-2011 yillarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi hukumat tomonidan kafolatlangan kreditlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi bosh nazoratchi-taftishchisi,
  • 2011-2013 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi Budjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish boshqarmasi Davlat xaridlari bo‘yicha tender (tanlov) savdolari o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘limi bosh nazoratchi-taftishchisi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari,
  • 2013-2013O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasining Budjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish boshqarmasi Respublika budjet muassasalari tomonidan budjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

 O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2013 yil 22 noyabrdagi 350-sht-son buyrug‘i bilan U.Pulatov Toshkent davlat yuridik universiteti moliya-iqtisod masalalari prorektori lavozimiga tayinlangan.

 Fuqarolarni qabul qilish haftaning shanba kuni soat 15:00 dan 18:00 gacha

 Telefon: 233-66-36

E-mail: upulatov@tsul.uz