Kanyazov Yesemurat Sultamuratovich

Kanyazov Yesemurat Sultamuratovich

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari – Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, yuridik fanlar nomzodi

Kanyazov Yesemurat Sultamuratovich – 1971 yil 13 iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanay tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy, huquqshunos, yuridik fanlar nomzodi.

1993 yil Moskva davlat avtomobil-yo‘llar institutini, 1999 yilda Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan.

U o‘z mehnat faoliyatini 1993 yilda “Qoraqalpoqavtoyo‘l” Davlat aktsionerlik birlashmasining yo‘llar ekspluatatsiyasi bo‘limida sttajyorlikdan boshlagan, so‘ng yo‘l fondi inspektsiyasida yurist-maslahatchi vazifasini bajargan.

1996-1999 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida maslahatchi, bosh maslahatchi, bo‘lim boshlig‘i vazifasini bajaruvchi va bo‘lim boshlig‘i vazifalarida ishlagan. 1999-2001 yillarda o‘z mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Adliya vazirligi tizimida davom ettirib, iqtisodiy islohotlar bo‘yicha qonun va me’yoriy hujjatlar loyihalarining yuridik ekspertizasini tayyorlash va amalga oshirish boshqarmasining yetakchi maslahatchisi, bosh maslahatchi, bo‘lim boshlig‘i vazifalarida faoliyat olib borgan. 2001 yil aprelidan oktyabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining yordamchisi, 2001-2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida iqtisodiy qonunchilik boshqarmasining boshlig‘i, 2005-2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari, 2011-2013 yillarda O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari, 2013-2017 yillarda Toshkent davlat yuridik universitetining rektori  bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan 2010 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.04.2017 yildagi PQ – 2932-son Qaroriga ko‘ra Y. Kanyazov  O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o'rinbosari – Toshkent davlat yuridik universitetining rektori etib tayinlandi.

Fuqarolarni qabul qilish vaqtlari har kuni 8.00dan 10.00gacha.

Telefon: (+998 71) 233-41-09

e-mail: