Hoshimxonov Ahrorxon Mo‘minovich

Hoshimxonov Ahrorxon Mo‘minovich

Toshkent davlat yuridik universiteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori

Hoshimxonov Ahror Muminovich 1981 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2003 yilda Toshkent davlat yuridik instituti bakalavriatini, 2005 yilda institutning magistraturasini tamomlagan.

A.M.Hoshimxonov o‘z mehnat faoliyatini 2005 yilda Toshkent davlat yuridik instituti “Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasining o‘qituvchisi (2005-2008 yillar), “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi o‘qituvchisi (2008 yil), o‘rindoshlik asosida “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi (2011-2012 yillar) lavozimlarida ishlagan.

Shu bilan birga, A.M.Hoshimxonov mazkur ta’lim dargohida rahbar lavozimlarida ham ishlab kelgan. Xususan, u 2008-2010 yillar mobaynida Toshkent davlat yuridik instituti “1-huquq” fakulteti dekan muovini, 2010-2013 yillar Magistratura bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2013-2016 yillarda u Toshkent davlat yuridik universiteti “Amaliyot, stajirovka va kasbiy o‘sishni monitoring qilish bo‘limi” boshlig‘i lavozimida shuningdek, 2016-2017 yillarda “Ekologiya va qishloq xo‘jaligi huquqi” kafedrasini mudiri lavozimida mehnat faoliyatini olib borgan.

Bundan tashqari u, 2017-2020 yillar davomida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tuman sudi sudyasi lavozimida ishlagan. A.Hoshimxonov 2020 yilning 29 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrug‘iga asosan TDYUning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor lavozimiga tayinlandi. 

A.M.Hoshimxonov samarali ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotganligini ta’kidlash joiz. U 2008 yil iyun oyida 12.00.02-Davlat huquqi va boshqaruvi; ma’muriy huquq; moliya huquqi ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huquq ijodkorlik faoliyati: nazariya va amaliyot masalalari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyani himoya qilib, yuridik fanlar nomzodi ilmiy darajasini olgan. Shu kunga qadar A.M.Hoshimxonov tomonidan 1 ta risola, 30 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish masalalari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlarni olib bormoqda.

A.M.Hoshimxonov 2010-2011 o‘quv yilida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining yosh olimlar uchun stipendiyasi sovrindori bo‘lgan.

A.M.Hoshimxonov universitetning huquqiy targ‘ibot ishlarida ham faol ishtirok etadi. U Toshkent shahrida joylashgan korxona, tashkilot, muassasalar va mahallalarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari yuzasidan aholining huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan ko‘plab tadbirlarni o‘tkazgan. Ekspert va mutaxassis sifatida televidenie orqali ham muntazam ravishda chiqish qilib konstitutsiya va qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholi e’tiboriga yetkazishda ishtirok etib kelmoqda.